Turkiya prezidentligi uçun «OTA ittifoqi» partiyalar blokidan nomzod bölgan Sinan Öğan prezidentlik saylovlarining ikkinçi turida amaldagi davlat rahbari Rajab Toyyib Erdöğanga ovoz berişga çaqirgan. Bu haqda Hurriyet xabar bermoqda.
Öğan öz qarorini hukmron koalitsiya parlament uçun saylovlarda köpçilik öringa ega bölgani bilan izohlagan. Parlament va prezident bitta alyans boşqaruvida bölişi muhim», degan siyosatçi.
U Qiliçdoröğli yetakçiligidagi «Milliy alyans» «20 yil mobaynida hokimiyatda bölgan [Erdöğanning] Xalq alyansini yenga olmagani va kelajak uçun işonç taqdim eta olmagani»ni ta’kidlagan.
Erdöğanning ikkinçi turdagi raqibi Kamol Qiliçdoröğli esa tvitterdagi sahifasida bu yangilikka şunday munosabat bildirgan: «Kim bu gözal vatanimizga xiyonat qiliş tarafdori ekani ayon böldi. Biz bu mamlakatni terrorizm va qoçqinlardan qutqaramiz. Bu referendum. Endi heç kim heç kimni alday olmaydi. Men ovoz berişga kelmagan 8 million fuqarolarimiz va barça yoşlarimizni [unga kelişga] çaqiraman!»
Tahlilçilar Öğanning qöllovi ikkinçi turdagi nomzodlardan biri uçun muhim ahamiyatga ega bölişini qayd etişgan. Erdöğan Öğanga qöllov uçun minnatdorçilik bildirdi va ular örtasida qandaydir kelişuv bölgani haqidagi xabarni rad etdi. Avvalroq Sinan Öğan öz qöllovi evaziga yangi ma’muriyatda yuqori lavozimni egallaşni istaşi haqida aytgandi.
U şuningdek, muxolifat kurdlardan voz keçgan taqdirda ularga qöşilişi mumkinligini aytgandi.
Turkiyadagi saylovlarning birinçi turi 14 may kuni bölib ötgandi. Amaldagi prezident birinçi turda 49,51 foiz ovoz olib, davlat rahbarligida qola olmagandi. Uning asosiy raqibi, muxolifatçilarning yagona nomzodi Kamol Qiliçdoröğli 44,88 foiz ovoz olgan. Sinan Öğanga saylovçilarning 5,17 foizi – ya’ni 2,8 mln kişi ovoz bergan.
Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinçi turi 28 may kuni bölib ötadi. Turkiya Oliy saylov kengaşi ma’lumotlariga köra, birinçi turda davomat 88,92 foizni taşkil qilgan.
Rajab Erdöğan 2014 yildan buyon Turkiya prezidenti hisoblanadi, undan avvalroq 2003 yildan mamlakatni boş vazir sifatida boşqargan.














