Lekin, Paşinyanning şartiga köra, Toğli Qoraboğdagi armanlarning haq-huquqlari kafolatlanişi kerak.

Bu bayonotni rasmiy Boku ança vazmin qabul qilgan. Ozarboyjon hokimiyati “Qoraboğdagi armanlar haq-huquqlari – bu Ozarboyjonning, ya’ni Qoraboğning içki işi, özimiz kelişib olamiz” degan ohangda javob bergan.

Lekin, ötgan yillar davomida Boku “Toğli Qoraboğ qaytarilgaç, u yerda yaşayotgan armanlarga heç qanday repressiya va bosimlar bölmaydi” degan mazmundagi pozitsiyani köp takrorlagan. Xalqaro taşkilotlar ham Qoraboğdagi armanlar haq-huquqlariga juda e’tiborli bölişini, rasmiy Boku yaxşi tasavvur qiladi.

Qolaversa, Paşinyan “biz KXŞTdan çiqişimiz kerak” degan fikrni ham aytgan. Mantiqan öylab qaraganda ham, Armaniston Ozarboyjon bilan kelişib, özaro hududiy yaxlitlikni tan olsa, taşqi homiyga/himoyaçiga heç qanday zarurat qolmaydi.

Paşinyan Toğli Qoraboğni Ozarboyjon hududi deb tan olişiga bir qança sabab bor. Birinçidan, Ozarboyjon bilan yana uruşişga harbiy, insoniy va boşqa resurslar qolmadi. Siyosiy iroda ham yöq.

Ikkinçidan, Armaniston Ozarboyjon va Turkiya bilan kelişib, mintaqadagi ziddiyatlarni yopmoqçi va KXŞTdan çiqib, ğarb tomon yurişni boşlaş niyatida.

Bu degani, Armaniston tezda Rossiya orbitasidan de-yure çiqiş rejasini qilmoqçi. Bu – Kavkaz mintaqasi töliq Rossiya ta’siridan çiqib bölganini anglatadi. Rossiya nima bilan javob berar ekan?

Kamoliddin Rabbimov,
siyosatşunos

  • Kun.uz “Nuqtayi nazar” rukni ostida hajmi 500 ta sözdan oşmaydigan, muallif nuqtayi nazari ifodalangan ixçam mulohaza-maqolalarni berib boradi. Kelgusida rukn faoliyatini kengaytiriş közda tutilgan.