2022 yil 29 sentabr kuni Şahrixon tumaniga qaraşli 1-son tuğuruqxonada 25 yoşli ayol vafot etgan. Ayolning oila a’zolari iş 8 oydan beri körib çiqilmayotganidan norozi ekanini aytib, Kun.uz'ga murojaat qildi. Marhumaning onasi Hayitxon Soliyevaning aytişiça, qizini 25 sentabr kuni tuğuruqxonaga olib kelişadi. Ayol kesarça kesiş yöli bilan farzandini dunyoga keltiradi. Onasining sözlariga qaraganda, qizi amaliyotdan yaxşi çiqqan.
«Amaliyot yaxşi ötdi. Operatsiyadan çiqqanidan keyin qizim bilan körişganimda ahvoli juda yaxşiligini aytdi. Operatsiyadan keyin bir neça soat ötib ham ahvoli yaxşi edi. Keyin birdan qon ketyapti deyişdi», – deydi ayol.
Şundan keyin şifokorlar ayolga qon quyiş harakatiga tuşişgan. Soliyevaning aytişiça, marhumaning otasi qiziga qon bermoqçi bölgan. Lekin virus bor deb, otasining qonini quyişmagan.
«Uning örniga röyxatda turgan, qon guruhi töğri keladigan qizni aytişdi. Borib olib keldik. Öşaning qonini quyişdi.
Yangidan qon topşirganda otasining qon tahlili yaxşi çiqdi. Lekin 2 yilça oldin virus çiqqan ekan. Öşa taqiq olib taşlanmagani uçun ruxsat berişmadi», – deydi marhumaning onasi.
Hayitxon Soliyeva qiziga qon quyiş jarayonida şifokorlar e’tiborli bölmaganidan noroziligini ham bildirdi.
«Zalda ötirganimda bolamning baqirgan ovozi eşitildi. Yugurib oldiga kirsam, yonida heç kim yöq ekan. Qon ulangan, bolam ötirib olib, bir nuqtaga termilib baqirayotgandi. Men vraçlarni çaqirdim», – deydi u.
Soliyevaning aytişiça, bemorga darhol kislorod ulaşgan, ayol şu holatda 6 kun yotgan. Va oltinçi kun vafot etgan. Marhumaning otasi Bahodir Soliyevning sözlariga köra, jasad ekspertiza qilingan, Andijon tuman prokuraturasi jasadni tekşirib körib, «notöğri qon quyilişi natijasida öpka ğijimlanib qolgan» degan xulosa bergan.
«Ekspertiza xulosasi çiqqanidan keyin ham tuman prokuraturasiga bir neça marta borib keldim. 8 oydan beri natijasini kutyapmiz. Tibbiy ma’lumotnoma kelmayapti deb meni qaytarib yuborişyapti», – deydi marhumaning otasi.
Holat böyiça töliq ma’lumot oliş uçun Kun.uz Şahrixon tuman prokuraturasi bilan boğlandi. Ma’lum bölişiça, ayolga kamqonlik taşxisi qöyilgan va 2022 yilning 29 oktyabrida jinoyat işi qözğatiş rad qilingan.












