25 may kuni Özbekiston hukumati, AQŞning Air Producs kompaniyasi va “Özbekneftgaz” AJ örtasida investitsiya şartnomasi imzolandi.
Şartnomaga hukumat nomidan imzo qöygan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabariga köra, kelişuvga asosan Air Producs kompaniyasi Qaşqadaryo viloyatidagi tabiiy gazni qayta işlaş qurilmasini rivojlantirişga 1 mlrd dollar investitsiya kiritadi.
Ğuzor tumanida joylaşgan, sintetik suyuq yoqilği işlab çiqaruvçi “Uzbekistan GTL” zavodi 2021 yil 25 dekabr kuni işga tuşirilgan edi.

Qayd etilişiça, tabiiy gazni qayta işlaş sanoat majmuasi bu zavodning ajralmas qismi bölib, yiliga 1,5 mln tonna yuqori qöşimça qiymatga ega sintetik suyuq yoqilği işlab çiqaradi va kelajakda içki iste’mol va eksportga yönaltiradi.
“Ösiş sur’ati yuqori bölgan mamlakat – Özbekistonda uşbu strategik hamkorlik orqali biz eng ilğor texnologiyalar va bilimlarimizni qöllaş imkoniyatiga ega bölamiz. Bu kelişuv yuqori sifatli arzon yoqilği işlab çiqariş va ösib borayotgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondiriş imkonini beradi”, – degan Air Producs direktorlar kengaşi raisi, prezidenti va boş direktori Seyfi Gasem.
Bitim imzolaş marosimida aytilişiça, Air Producs tajribasidan GTL zavodida foydalaniş orqali “samaradorlik oşiriladi, mahsulot tannarxi pasaytiriladi va zararli çiqindilarni kamaytirişga erişiladi”.

ISSVning rasmiy axborotida kelişuv tafsilotlariga yetarliça aniqlik kiritilmagan. Air Producs'ning rasmiy relizidan ma’lum bölişiça, gap zavodning bir qismini – tabiiy gazni sintetik gazga aylantiriş kompleksini sotiş haqida ketyapti.










