Yunusobod tumani Şayx Şibliy mahallasi aholisining tarmoqlarda tarqalgan videomurojaatida Sanitar qoidalar va me’yorlar qöpol ravişda buzilib, yuqumli kasalliklarga qarşi vaksina va zardoblar işlab çiqilgan ilmiy-tadqiqot instituti hududida qonunga zid ravişda turar joy quriş boşlangani aytiladi.

Mahalla fuqarolari bu poytaxt Toşkent va Toşkent viloyati aholisini komiga tortadigan epidemiyaga sabab bölişi haqida ogohlantirgan.

Foto: uzpharmagency.uz

Videomurojaatda tilga olingan muassasa Toşkent vaksina va zardoblar tadqiqot instituti hisoblanib, bu yerda 70 yildan ziyod vaqt davomida 120 xil yuqumli kasallikka qarşi vaksina va zardoblar işlab çiqilib, dunyoning önlab mamlakatlariga yetkazib berilgan.

Şayx Şibliy mahallasida yaşovçilarning aytişiça, emdori va zardob olişda foydalanilgan hayvonlar (eşak, ot va hokazolar) jasadini utilizatsiya qiliş uçun 3 ta Bekkeri örasi qurilib, işlatib kelingan. Köplab infeksiya qözğatuvçilar bu örada ölsa ham, kuydirgi kasalini qözğatuvçi sporalar ölmaydi va 100 yilgaça saqlanib qoladi.

“Bekkeri örasi”

“30 yil içida institut hududida heç qanday quriliş amalga oşirilmadi. Lekin nima uçundir referendum arafasida bu yerda qandaydir quruvçilar paydo bölib, tinçimizni buza boşlaşdi. Bu yerga biologik xavfli infeksiyalar kömilgan. Mikrobiologlar buni juda yaxşi bilişadi, u odamlarga katta xavf tuğdiradi.

Mabodo bu yerdagi xandaqlar oçiladigan yoki bu yerda quriliş qilinadigan bölsa, nafaqat bizning mahallaga, balki Toşkent şahri va Toşkent viloyatiga juda katta zarar keltiradi. Hozir hamma yoqda virus, mikrob va bakteriyalar bilan boğliq kasalliklar köpayib borayotgan bir paytda bu muammo dard ustiga çipqon böladi”, deydi mahalla faoli Şirin Komilova.

U mahalliy hokimiyat organlari institut hududida boşlangan qurilişni töxtatişga qurbi yetmayotganini ta’kidlab, prezidentdan şu masalada yordam söragan.