Maktabda olingan örtaça baholarni kiriş imtihonlarida hisobga oliş böyiça Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingan va bu tartib 2023 yilgi qabuldan amalga oşirilişi kerak edi.

Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan qabul masalalariga bağişlangan audioçatda ma’lum qilinişiça, bu tartib qayta körib çiqilyapti.

“Çunki bu qaror böyiça körib çiqilişi kerak bölgan ayrim holatlar yuzaga kelyapti. Bu tartib amalga kiritilmaydi deb töliq aytolmaymiz. Hali özgarişlar qanday bölişini töliq bilmaymiz. Tegişli tartibga özgartirişlar kiritilgandan söng ma’lumot bersak töğriroq bölardi”, dedi Bilim va malakalarni baholaş agentligi xodimi Jamşid Odilov.

Qöşimça qilinişiça, bu böyiça yaqin orada töliq ma’lumot beriladi.

Şuningdek, kiriş imtihonlarida tuşadigan savollarning darajasi qanday bölişi haqida ham ma’lumot berildi.

Unga köra, yengil va qiyin darajadagi savollar bitta variantda 15 foizdan 25 foizgaça bölişi mumkin. Örta qiyinlikdagi savollar esa bitta variantda 50 foizdan 70 foizgaça nisbatda böladi.