Turkiya muxolifatidan prezidentlikka nomzod Kamol Qiliçdoröğli amaldagi davlat rahbari Rajab Toyyib Erdöğanni sudga berdi. Bu haqda uning advokati Jalol Qiliç ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi. 

Da’voga Erdöğan tomonidan saylovoldi munozaralarida körsatilgan videolavha sabab bölgan. Videoda kurd jangarilari Qiliçdoröğlini qöllab-quvvatlaganini e’lon qilgani aytiladi. Nomzodning advokati video soxta ekanligini aytdi. 

«Biz Erdöğanga 1 million turk lirasi (573 mln söm) miqdorida ma’naviy zararni qoplaşni talab qilib, sudga murojaat qildik. Biz bu pulni ota-onasi terrorçilar harakatidan halok bölgan bolalarni öqitişga sarflaşni rejalaştirganmiz», dedi advokat. 

U öz postida Qiliçdoröğlini nomzod emas, «Turkiyaning 13-prezidenti» deb atadi. 

Turkiyadagi saylov kampaniyasida soxta videolardan keng foydalanilmoqda. Prezidentlik poygasining yana bir iştirokçisi Muharrem Injye öz iştirokidaligi iddao qilingan şahvoniy videolar tarqalgaç, hatto nomzodini qaytarib olişga majbur böldi. Bu videolar soxta bölib, «dipfeyk» texnologiyasidan foydalangan holda yaratilganini aytdi. 

28 may kuni Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinçi bosqiçi bölib ötadi, unda ikki nomzod: Qiliçdoröğli va amaldagi davlat rahbari Erdöğan qatnaşadi. Birinçi turda ularning heç biri ğalaba uçun zarur bölgan 50 foizlik ovoz töplaş çegarasidan öta olmadi. Ikkinçi turda bunday çegara bölmaydi va köpçilik ovozga ega bölgan nomzod ğolib deb topiladi.