6 mart kuni Özbekiston futbol assotsiatsiyasida Özbekiston U-20 boş murabbiyi Farhod Nişonov va uning murabbiylar ştabi iştirokida matbuot anjumani ötkazildi.
Tadbir Özbekiston yoşlar jamoasining Xitoyda ötgan Osiyo kubogidagi iştirokiga bağişlandi. Farhod Nişonov şogirdlari çorakfinalda Janubiy Koreyaga (3:3, pen, 1:3) yengilib, jahon çempionati yöllanmasidan quruq qolgandi.
«Ayrim insonlar, qöştirnoq içidagi jurnalistlar har xil gaplar bilan bizning işimizni börtirrib, şubhali gaplar qilib, tuhmat qilişmoqda. Biz şu vaqtga heç qanday şubhali iş qilmaganmiz. Maqsadimiz nima ekanligini aniq bilardik. Vatan uçun xizmat qilganmiz.
Natijaga murabbiy javob beradi. Bu normal holat. Tuşkunlikka tuşmaymiz. Öyinlarni kördingiz, ozgina omad yetişmadi. Penaltilar seriyasida manaman degan futbolçilar ham gol ura olişmagan. Bu bosim yoki ruhiy holat emas, şunçaki omad bilan boğliq deb öylayman" - dedi u.
- Osiyo çempionati oldidan jamoamiz keragidan ortiq yiğin ötkazdimi?
- Biz Koreya yoki Yaponiyaga tuşişimiz ehtimolini qur’adan söng bildik. Ular ham bizga öxşab 20 taça öyin ötkazgan. Norasmiylari ham bor.
Klublar 15 yanvardan yiğinga kirişyapti. Içki çempionat noyabrda tugayapti, Osiyo çempionati fevralda boşlanadi. Siz yigitlarni 20 yanvarda qit’a çempionatiga olib ketarmidingiz? Musobaqaga tayyorgarlik, tiklaniş bor, şuning uçun yiğinni ertaroq boşladik.
Agar penaltilar seriyasida yutganimizda, hozir bizga boşqaça savol berayotgan bölar edingiz.
Avvalgi anjumanda Saudiya Arabistoni bilan öyinda futbolçilarning jismoniy holati qizil hududga tuşib qoldimi, deb savol berişgandi. Bu öyinçilarning holati yomon degani emas. Qolaversa, içkaridan bu ma’lumotlarni taşqariga olib çiqqan futbolçilar jamoadan çetlatilgan. Jismoniy holatdan muammo bölmagan.
Muammo öyinçilarning jarohatlari böldi. Bu bizni köp qiynadi. Örinboyevda, Haydarovda, Xayrullayevda, Rizaqulovda, Fayzullayevda, Ibragimovda, Muratboyevda aynan, öyinlardan oldin jarohat olişgandi. Kimlardir klublaridagi eski jarohatlar bilan kelgandi.
- Örinboyev muhim öyinlar sabab operatsiya qilinmadimi?
- Rentgen qoğozlarni ular yoş bölgani uçun turliça körsatişi mumkin. Qatarda FIFAning eng kuçli klinikasida tekşirtirganimizda heç qanday operatsiya kerak emasligi, individual işlaş loziligini aytişdi. Keyin şunday qildik. U bilan alohida şifokor işladi, orada Turkiyaga borib davolanib keldi va oxirgi öyinlarimizda umumiy guruhga qöşildi.












