Angliya

Çempionlik: «Mançester Siti»

APLda mavsumga şu hafta oxirida yakun yasaladi, lekin intriga faqat turnir jadvalining quyi qismida qolgan. Çempionlik masalasi esa muddatidan ilgari hal böldi. Çempionatda mavsumning katta qismida Mikel Arteta boşqaruvidagi «Arsenal» yetakçilik qildi, ammo Pep Gvardiola şogirdini ortda qoldira oldi va beşinçi bor «Mançester Siti»ni APL çempionligiga yetaklab keldi.

YeÇL yöllanmasini kafolatlagan jamoalar: «Mançester Siti», «Arsenal», «Nyukasl», «Mançester Yunayted»

«Arsenal» yetti yil içida ilk bor asosiy yevrokubokda öynaydi, «Nyukasl» esa — 20 yildan beri bu turnirga qadam qöymagandi. Qoldirilgan öyinda «Çelsi»ni mağlub etgan «MYu» ham törtinçi yöllanmani öziniki qildi — Erik ten Haag «qizil iblislar»ni debyut mavsumidayoq YeÇLga qaytardi, jamoa sönggi bor bu turnirda 2021/22 yillar mavsumida öynagan va 1/8 finalga çiqqandi.

Yevropa Ligasiga yöllanmani kafolatladi: «Liverpul» va «Brayton»

Konferensiyalar ligasi uçun da’vogarlar: «Aston Villa» (58), «Tottenhem» (57), «Brentford» (56)

Angliyada bu mavsumda 5-6 örinlar egalari Yevropa Ligasiga yöl oladi, Konferensiyalar ligasida — yettinçi jamoa qatnaşadi. «Liverpul» esa 7 yil içida ilk bor YeÇLdan taşqarida qoldi — Kloppning birinçi mavsumida jamoa Yevropa Ligasida qatnaşib, «Borussiya» Dortmund klubiga qarşi dramatik öyin ötkazib finalga çiqqan, ammo boş sovrin uçun bahsda «Sevilya»ga yutqazgandi. «Brayton» esa öz tarixida ilk bor yevrokuboklarda öynaydi.

Sönggi turda Yevropaning uçinçi darajali turniri yöllanmasi uçun uç klub sirtdan kuraş olib boradi: bu yöllanmaga «Aston Villa», «Tottenhem» va «Brentford» jamoalaridan biri ega çiqadi.

Şuningdek, keyingi mavsumda Yevropa Ligasida iştirok etiş uçun «Vest Hem»da ham imkoniyat bor. Buning uçun londonliklar Konferensiyalar ligasi finalida «Fiorentina»ni mağlub etişi kerak.

Turnirni tark etib bölgan jamoa: «Sauthempton»