Yaqinda Qirğiziston bilan çegara bitimi tuzilib, Andijon (Kampirobod) suv ombori töliq Özbekiston hududida ekani tasdiqlangan edi. “Manzil” loyihasi şu suv ombor sababli bunyod etilgan Xonobod şahriga sayohat qildi. Daraxtlari köpligi va yaşillik saqlanib qolgani bilan dong taratgan Xonobod bugungi kunda turistlar uçun ajoyib maskanga aylangan.

Buyuk ipak yölining bir qismi ötgani, toğdan oqib keluvçi Qoradaryo qirğoğida joylaşgani sabab, Xonobod joylaşgan joyda ança qadimdan insonlar istiqomat qilgan. Bu yerga şahar maqomi esa 1972 yildan berilgan. Bunga Andijon suv omborining qurilişi sabab bölgan.

Bu yerda suv ombori quriş haqidagi ilk takliflar 1917 yilda yangragan. Quriliş işlari böyiça qaror 1963 yilda e’lon qilingan. Öşa paytda suv ombor qurilişi uçun 297 mln rubl ajratilgan. Quriliş 1969 yilda boşlanib, 1983 yilda tugatilgan. Suv omborining eng çuqur joyi 98 metrni taşkil qiladi. Eniga 6 km, uzunligi esa 20 km. Mana şunday katta suv ombori dambasini quriş maqsadida kelgan işçilar va ularning oilalari uçun qurilgan köp qavatli uylar, ijtimoiy obektlar Xonobod şahrining taşkil topişiga sabab bölgan.

Töğrisi, Xonoboddagidek yaşil şaharni haligaça boşqa hududlarda uçratganim yöq. Bunga körsatuvni körib özingiz amin bölasiz.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uçun maxsus