Turkiyadagi prezidentlik saylovlarining birinçi turida uçinçi örinni egallagan Sinan Öğan hafta avvalida öz tarafdorlarini ikkinçi turda Rajab Toyyib Erdöğanga ovoz berişga çaqirdi. ATA Alliance («OTA ittifoqi») partiyalar blokidan nomzod sifatida körsatilgan Öğan birinçi turda 5 foizdan köproq ovoz töpladi. Amaldagi prezident bu ovozlarga ega çiqa oladimi? Ikkinçi tur arafasida kuçlar nisbatida qanday özgariş yuzaga kelgan? «Vot Tak» naşri şarqşunoslar Ruslan Suleymanov va Yuriy Mavashev, şuningdek, siyosiy fanlar nomzodi Aleksandr Tevdoy-Burmuli bilan şu haqda gaplaşdi.
Ruslan Suleymanov, şarqşunos, SULEYMANOV telegram-kanali muallifi
— Sinan Öğan — yoş va yetarliça istiqbolli siyosatçi. Etnik ozarboyjon, u MGIMO (Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti)da öqigan, rus tilida yomon gapirmaydi. Avval mamlakatdagi eng yirik millatçilar partiyasi (hozirda bu partiya Erdöğan bilan koalitsiya tuzgan) safida bölgan.
Bu yil uning nomzodi öng va ultraönglarning mutlaqo yangi koalitsiyasi, «OTA ittifoqi»dan ilgari surildi. Avvaliga u Erdöğanning odami va bölajak spoyler (saylovda ovozlarning bir qismini öziniki qilib, qaysidir tomonga zarar keltiradigan nomzod) ekani taxmin qilinayotgandi. Ammo birinçi tur davomida u bu saylovlar kaşfiyotiga aylandi.
Sotsiologik kompaniyalar Öğanga 2 foizdan köp [birinçi turda] ovoz bermagandi, ammo u yakunda beş foizdan köproq oldi — şuning uçun uni «kingmeyker» (asosiy nomzodlardan birini tanlab, ikkinçi tur ğolibi kim bölişiga körsatuvçi şaxs) deb atay boşlaşdi.
Öğanning muammosi — uning barqaror bölmagan, norozi kişilardan iborat elektoratidir. Bular Erdöğanning Adolat va taraqqiyot partiyasining köp yillik boşqaruvidan çarçagan va köp yillardan buyon ğalabaga erişa olmay kelayotgan Kamol Qiliçdoröğlining Jumhuriyat xalq partiyasidan hafsalasi pir bölgan kişilardir. Bu umuman Turkiyadagi uzoq yillardan buyon özgarişsiz qolayotgan siyosiy tizimdan va muxolifatning na parlament va na prezidentlik saylovlarida ğalaba qozona olmasligidan çarçaşdir.
Birinçi turda Öğanga 3 milliondan ortiq kişi ovoz berdi.
Öylaymanki, unga ovoz berganlarning faqat 50 foizi unga quloq soladi va 28 may kuni Erdöğanga ovoz beradi — men xulosa qilişga şoşilmagan bölardim. Bu elektoratga yoş yetakçi kerak. [Öğanning elektoratini] safarbar qiliş mumkinligiga şubha qilaman.
Barçasi Erdöğan va Qiliçdoröğli Öğanning tarafdorlarini öziga oğdiriş uçun qançalik harakat qilganiga boğliq. Bular asosan millatçilardir va biz kördikki, Qiliçdoröğli ularga yoqiş uçun noz-karaşmalar qildi, ritorikasini özgartirdi va Turkiyadagi migrantlar haqida köp gapirdi. U 10 million suriyalik va afğonistonlik qoçqinlarni darhol mamlakatdan çiqarib yuborişini va’da qilgan. Agar u bu odamlarni öz tomoniga oğdira olsa, birinçi turda Öğanga ovoz berganlarning katta qismi ikkinçi turda saylov uçastkalariga Qiliçdoröğlini saylaş uçun keladi.














