Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28 may kuni telefon orqali muloqotda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanni bugun bölib ötgan prezidentlik saylovida erişgan işonçli, tarixiy ğalabasi bilan samimiy qutladi.

«Saylovning ikkinçi turida saylovçilar iştirokining yuqori darajasi va ovoz beriş natijalari qardoş Turkiya xalqi amaldagi davlat rahbarining siyosati va islohotlar dasturini qöllab-quvvatlayotganining işonçli ifodasi ekani qayd etildi.

Suhbatda Özbekiston bilan Turkiya örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş va köp qirrali hamkorlikni kengaytirişning dolzarb masalalari ham körib çiqildi.

Oliy darajadagi Kengaşning navbatdagi yiğilişi kun tartibini tayyorlaş maqsadida barça darajalarda faol muloqotlarni davom ettirişga kelişib olindi.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almaşdilar», deyiladi Özbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.

  • Turkiyada bugun, 28 may kuni prezidentlik saylovlarining ikkinçi turi bölib ötdi. 14 may kuni ötkazilgan birinçi turda nomzodlarning heç biri ğalaba uçun talab qilingan 50 foizdan ortiq ovozga erişa olmagandi.
  • Dastlabki natijalarga köra, saylov byulletenlarining 97 foizi hisob-kitob qilinganidan keyin amaldagi prezident 52,14 foiz ovoz töplagan, muxolifat nomzodi Kamol Qiliçdoröğliga saylovçilarning 47,86 foizi ovoz bergan.
  • Saylovda davomat 85 foizdan ortiqroqni taşkil etgan (birinçi turda saylovçilarning 90 foizga yaqini saylov uçastkalariga borgandi).