Toşkent şahrining Yunusobod tumanida 6 ta avtomobil iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi. Toşkent şahar IIBB YHXB axborot xizmati YTH böyiça ma’lumot taqdim etdi.

Ma’lum qilinişiça, joriy yilning 29 may kuni soat 12:30 larda Yunusobod tumani Moyqörğon köçasida yöl-transport hodisasi kuzatilgan.

Töqnaşuv «Malibu-2», BYD SONG, «VAZ-2105», «Lacetti», «Nexia-3» rusumli yengil maşinalar va «ZIL» rusumli yuk maşinasi iştirokida röy  bergan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yöq.

Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.