Velosport böyiça Özbekiston terma jamoasi “UCI ASIA” reytingida “Under 23” toifasida 1-örinni egallab turibdi. Bu haqida “Tashkent City Professional Cyling Team” treneri Luçiano Kapolikkio Italiyaning nufuzli “TUTTOBICIWEB.IT” sport naşriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Yaqinda Italiyaning nufuzli “TUTTOBICIWEB.IT” sport naşri “Tashkent City Professional Cyling Team” treneri Luçiano Kapolikkio bilan bölib ötgan suhbatni e’lon qildi.
Kapolikkio velosportçilar tomonidan erişilgan natijalar, ğalabalar haqida gapirar ekan, “Özbekiston sportçilari bugun “UCI ASIA” Osiyo qit’asi reytingida “Under 23” toifasida 1-örinni egallab turganiga alohida töxtalib ötdi:
“Özbek sportçilari, yigitlari çindan ham mehnat qilişni va natijalarga erişişni xohlaşadi. Bu ruh va şijoatni men ilgari birga işlagan yoş kolumbiyalik sportçilarda kuzatgandim. Afsuski, bu hozir Italiya yoş sportçilari orasida kam uçraydigan ruh va şijoat”,- dedi u.

Özbekiston velosport federatsiyasi matbuot xizmati xabariga köra:
- ayni damda erkaklar terma jamoasi UCI jahon reytingida 34- örinni, ayollar esa 17-örinni egallab turibdi. Osiyo UCI reytingida erkaklar jamoasi 3-örinni, ayollar jamoasi 1-örinni egallab turibdi. Bu esa Özbekiston terma jamoasining Parij-2024 uçun Kvotalar (litsenziyalar) oliş böyiça Olimpiya öyinlari reyting tizimiga kirişiga asos bölmoqda.
Italiyada Özbekiston velosportçilari terma jamoasining sport bazasi taşkil etilgan va faoliyat yuritmoqda. Jamoaning natijalari xalqaro ekspertlar va velosport mutaxassislari tomonidan juda ijobiy baholanyapti.
Özbekiston Respublikasining Italiyadagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Otabek Akbarovga köra, terma jamoa 2022 yilning birinçi yarmida dunyo böylab ötkazilgan 25 dan ortiq xalqaro musobaqalarda iştirok etişgan:
“Özbekiston velosportçilarining Italiyada professional sport bazasini taşkil etilişi xamda milliy terma jamoa a’zolari bilan birgalikda “Tashkent City Professional Cyling Team” sportçilarining Yevropa poygalarida qatnaşişi yuqori sport natijalariga erişişiga xizmat qilmoqda.













