Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Taşkiloti (YeXHT, OSCE) kuzatuvçilari Turkiyadagi prezidentlik saylovi böyiça yakuniy hisobotni e’lon qildi. 

Unga köra, saylov jarayoni töğri taşkil etilganiga va unda haqiqiy siyosiy taşabbuslar bilan çiqqan nomzodlar iştirok etganiga qaramay, saylovoldi taşviqoti jarayonida nafrat sözlariga, kamsituvçi fikrlarga yöl qöyilgan. 

Turkiya ommaviy axborot vositalari saylovni xolis yoritmadi, mamlakatda söz erkinligining çeklanişi amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdöğanga boşqa nomzodlarga nisbatan tengsiz imkoniyatlar yaratdi. 

Hisobotda qayd etilişiça, barça nomzodlar saylovoldi taşviqotini ötkazişda erkin bölgan. Biroq, ayrim muxolif partiyalarning tarafdorlari tahdid va ta’qiblarga uçragan. Bir vaqtning özida birlaşgan muxolifat yetakçisi Kamol Qiliçdoröğli ham, Erdöğan ham bir-birini terrorçi taşkilotlar bilan hamkorlikda ayblagan. 

Bundan taşqari, kuzatuvçilar mamlakat saylov komissiyasi birinçi turda qonunbuzarliklar haqidagi hisobotlarni çop etişni keçiktirganini ta’kidlamoqda. Şuningdek, birinçi turdan keyin Turkiya muxolifat blogerlari va jurnalistlarini faol ravişda hibsga oliş boşlangan. Köpgina telekanallar qonunçilikda belgilangan şartlarga rioya qilmagan, unga köra nomzodlarga saylovoldi taşviqoti uçun teng imkoniyatlar yaratilişi şart. Bu ham xususiy, ham davlat ommaviy axborot vositalariga tegişli. 

28 may kuni Turkiya Markaziy saylov komissiyasi byulletenlarning 99 foizdan ortiğini sanab, Erdöğanning prezidentlik saylovi ikkinçi bosqiçida ğalaba qozonganini e’lon qildi. Ovoz berganlarning 52,14 foizi uning nomzodini yoqladi. Birinçi turda nomzodlarning heç biri ğalaba qozoniş uçun zarur bölgan 50 foizdan köproq ovoz töplay olmagan edi.