Chery avtomobillarining rasmiy distribyutori Roodell Chery Tiggo 8 egalari va ularning oila a’zolarini “With Chery With Love” şiori ostida öziga xos tadbirda jamladi. Golden Fish Resotr'ning rohatbaxş nuqtasida ötkazilgan qiziqarli dastur oddiy uçraşuvni quvonç, iliqlik va köplab ijobiy his-tuyğularga töla haqiqiy bayramga aylantirdi.

Tadbir boşidanoq Chery Tiggo 8 egalari va ularning oila a’zolari taşkilotçilarning ğamxörligi va mehmondöstligini yaqindan his qildi. Iştirokçilar iliq kutib olindi, har bir oila maxsus ajratilgan hududlarda tadbirdan ajoyib esdalik bölib qoluvçi suratlarga tuşdi.

Dastur turli master-klass va tadbirlarga boy bölib, mehmonlarga ijod olamiga şönğiş va kundalik şovqin-suronni unutiş imkonini berdi. Ta’kidlaş joizki, tadbirda xizmat körsatiş bölimi xodimlari iştirok etib, kun davomida avtomobil egalariga maslahat berib, Chery avtomobillari böyiça turli savollarga javob berdi.

Tadbirning eng esda qolarli lahzalaridan biri bu Golden Fish Resort hududida joylaşgan bir neçta suv havzalaridan baliq ovlaş imkoniyati böldi. Chery Tiggo 8 egalari va ularning oila a’zolari baliq ovlaş, osoyiştalik va tinçlikdan bahramand bölişi, keyin esa mehmonlar uçun maxsus tayyorlangan mazali tuşlikdan zavqlanişi mumkin edi.

“Menga tadbirning taşkil etilişi juda yoqdi. Hammasi eng yuqori darajada — betakror joylaşuvdan tortib ajoyib hamrohlikkaça”, — deb ta’kidladi iştirokçilardan biri.
Butun tadbir davomida DJ mehmonlarning kayfiyatini yengil va kötarinki ruhdagi musiqalar bilan kötarib, öziga xos bayram muhitini yaratdi. Tadbir boşlovçisi nafaqat mehmonlarni xursand qildi, balki bir qança tanlovlar ötkazib, ğoliblarga Chery brendining sovğalarini taqdim etdi.

“Men Chery rusumli avtomaşinani tanlaganimdan juda xursandman. Men doimo kerakli maslahatlarni olaman va körsatilayotgan xizmat sifatidan mamnunman. Şuningdek, bunday tadbirlar biz uçun taşkil etilganidan xursandman”, — deya qayd etdi mehmonlardan biri.


















