Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istondagi tadbirkorlik sub’yektlari uchun bir nechta soliq to‘lovi kamaytirilmoqda
Senatorlar ma’qullagan qonun bilan Soliq kodeksiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining tadbirkorlik sub’yektlari uchun ayrim soliq to‘lovlarini 2028 yil 1 yanvarga qadar 50 foizga kamaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilyapti.
Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasida investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni ko‘rib chiqishdi.
Senatorlarning ta’kidlashicha, ushbu qonun bilan Soliq kodeksiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining tadbirkorlik sub’yektlari uchun foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk solig‘i va yer solig‘i 2028 yil 1 yanvarga qadar 50 foizga kamaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliq esa shaharlar hududida faoliyatni amalga oshirayotgan shaxslar uchun 12 baravarga, tumanlar darajasida 6 baravarga kamaytirilmoqda hamda yiliga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida belgilanyapti.

Shuningdek, “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv jarayoniga jalb etiladigan chet el mutaxassislari (o‘qituvchilari) konsullik yig‘imini hamda doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun undiriladigan davlat bojini to‘lashdan 2027 yil 1 oktyabrga qadar ozod qilinishini nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.


Mavzuga oid
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar joriy etildi
11:51 / 27.10.2025
Soliq nizolarini ko‘rib chiqish uchun ekspert kengashi ish boshlaydi
17:58 / 24.10.2025