Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining ön birinçi s’yezdida prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyev taşqi mehnat migratsiyasiga töxtalib, tizim töliq isloh qilinişini bildirdi. 

“Bugungi kunda 2 million atrofidagi aholimiz rözğorini tebratiş uçun oilasi, ota-onasi va farzandlaridan uzoqda – çet mamlakatlarda mehnat qilmoqda. Musofir yurtda, turli qiyinçilik va maşaqqatlarga çidab, halol mehnat qilib non topiş, albatta, oson emas.

Biz çet ellarda daromad bilan birga tajriba va malaka ham orttirayotgan ana şunday yurtdoşlarimizga rahmat aytişimiz kerak. Ular bizning farzandlarimiz, aka-uka, jigarlarimizdir.

Şu maqsadda, taşqi mehnat migratsiyasi tizimi töliq isloh qilinadi.

Xorijga işlaş uçun borayotgan aholimizni kasbga va çet tillariga öqitiş kölami kengaytiriladi. Ularning Yevropa va Osiyoning yuqori haq tölanadigan mamlakatlariga işga borişlari uçun kömaklaşamiz.

Vatandoşlarimizga dunyoning istalgan nuqtasidan mamlakatimizdagi davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalaniş imkoniyatini yaratib beramiz. Xorijda murakkab vaziyatga tuşib qolgan yurtdoşlarimizga huquqiy va boşqa yordamlar körsatiş kölamini kengaytiramiz.

Mehnat migrantlarimiz va ularning oila a’zolari davlatimiz, xalqimizning doimiy ğamxörligida böladi. Farzandlarining öqişi va oliygohlarga kirişida ham yengilliklar beriladi.

Bir söz bilan aytganda, biz xorijdagi Özbekiston fuqarolari öz muammolari bilan yolg‘́iz qolib ketişlariga yöl qöymaymiz”, dedi Şavkat Mirziyoyev.