Senatorlar “Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qöşimça kiritiş töğrisida”gi qonunni körib çiqişdi.
Ta’kidlanişiça, bugungi kunda iqtidorli yoş futbolçilarni saralab oliş tizimini va futbol infratuzilmasini yanada rivojlantiriş, sohada marketing va zamonaviy boşqaruv mexanizmlaridan samarali foydalaniş maqsadida amaldagi soliq imtiyozlarining amal qiliş muddatini uzaytiriş zarurati mavjud.
Mazkur qonun bilan Soliq kodeksiga 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar Özbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bölinmalari, “Özbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlaşmasi, Özbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublariga barça turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) tölaşdan ozod etişni nazarda tutuvçi özgartişlar kiritilmoqda.
Şuningdek, özi jalb qilgan çet el mutaxassislari va futbolçilarining daromadlaridan tölanadigan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği böyiça imtiyoz berilyapti. Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, Özbekiston Respublikasida öxşaşi işlab çiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari hamda sohani qöllab-quvvatlaş bilan boğliq qator tovarlar uçun qöşilgan qiymat soliğini tölaşdan ham ozod etilmoqda.
Qonun muhokamasida “Özbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlaşmasi va professional futbol klublarining moliyaviy ahvolini yaxşilaş, xorijiy yetuk mutaxassislarni jalb qiliş orqali sohadagi mutaxassislar malakasini oşirib boriş, şuningdek, xususiy professional futbol klublarini köpaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratiş lozimligi ta’kidlangan.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

















