5 iyun kuni soat 15:00 da Oliy sudining Jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati 2022 yil 1−2 iyul kunlari Qoraqalpoğistonda sodir bölgan voqealar böyiça jinoyat işi böyiça birinçi sud jarayoni yuzasidan 16 nafar mahkumning apellyatsiya şikoyatlari, şuningdek, prokuraturaning şartli hukm çiqarilgan 4 nafar sudlanuvçiga nisbatan protestini körib çiqişni yakunlab, sud qarorini e’lon qiladi.

29 may kuni sud muzokarasi nihoyasiga yetgan va sudya Askar Bekmanov boşçiligidagi hay’at hukm çiqariş uçun maslahat xonasiga yöl olgan edi.

Prokuror 4 nafar ayblanuvçining şartli jazosini real muddatlarga almaştiriş, 13 nafar mahkumning jazosini yengillaştiriş, ulardan 8 nafarini esa ozod qilişni söragan. Jumladan, prokuratura vakili suddan tört nafar ayblanuvçiga nisbatan şartli jazo va ozodlikni çeklaş tarzidagi jazoni real muddatlarga almaştirişni söragan.