Oliy ta’lim muassasalariga qöşimça grant asosidagi qabul uçun tavsiyanoma kimlarga berilişi ma’lum qilindi. Oila va xotin-qizlar qömitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva tegişli ma’lumot bilan çiqdi.
Tavsiyanoma Respublika oliy ta’lim muassasalariga qöşimça davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari doirasida 6 ta mezon asosida oliy ma’lumot oliş istagida bölgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga beriladi.
Qöşimça davlat granti uçun jami 2000 ta kvota nazarda tutilgan bölib, tavsiyanoma oliş uçun talabgor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar xotin-qizlar.uz platformasi orqali 8 iyunga qadar onlayn ariza qoldirişlari lozim.
Tavsiyanoma oliş uçun talabgorlarning arizalari 10 iyunga qadar tuman (şahar) Işçi guruhlari tomonidan örnatilgan tartibda körib çiqiladi va tavsiyanoma beriş yoki tavsiyanoma berişni rad etiş töğrisida xulosa qabul qilinadi.
Tavsiyanoma oliy ma’lumot oliş istagida bölgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga bir yil muddatga beriladi.
Tavsiyanoma ajratilgan qöşimça tört foizli davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning abituriyent sifatida röyxatdan ötişida tanlagan birinçi ta’lim yönalişi böyiça tanlovda iştirok etiş huquqini beradi, ikkinçi va undan keyingi oliy ta’lim oliş uçun tanlovda iştirok etişga nisbatan tatbiq etilmaydi.











