Özbekistonning Qozoğistondagi elçisi Saidikrom Niyozxöjayev Qarağanda viloyati hokimi Yermağanbet Bulekpayev bilan uçraşuv ötkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Uçraşuvda iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş va rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Qarağanda viloyatida 54 ta Özbekiston bilan hamkorlikda 25 ta korxona faoliyat olib borayotgani, ular savdo, quriliş, işlab çiqariş, qişloq xöjaligi va boşqa yönalişlarda işlayotgani ma’lum qilindi.
Suhbat davomida, Qarağanda viloyati hokimi Özbekiston bilan ikki tomonlama hamkorlikning muvaffaqiyatli namunasi sifatida maişiy texnika işlab çiqariş zavodi barpo etilayotganini bildirib, Özbekiston bilan özaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni davom ettirişdan manfaatdorligini va qöşma biznes uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga tayyorligini ma’lum qildi.
Elçixona rahbari tomonidan ikki tomonlama hamkorlik doirasida Özbekistonga qoramol, kömir va respublikadan esa mavsumiy qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetkazib beriş hamda Qarağanda viloyati hokimiyatining talabiga binoan özbekistonlik mehnat muhojirlarni mavsumiy işlarga jalb qiliş böyiça kelişib olindi.








