Özbek öqirmanlariga taniş bölgan taniqli yozuvçi Oskar Uayld qalamiga mansub «Dorian Greyning portreti» asariga çizgilar tortib körişga harakat qilamiz. Asar haqida gapirişdan oldin ijodkor ruhiyatiga bir nazar taşlab olsak, zarar qilmaydi.

Oskar Uayld – Dublinning tizginsiz şoiri

Yaxşi yozuvçilar ikki xil böladi: tuğma va faylasuf. Oskar Uayld ikkinçi turga mansub ijodkor. 1854 yili Dublinda tuğilgan Oskar jöşqin iste’dod, qaynoq xarakter sohibi edi. Öz davrida axloqsizlikda ayblanib, ikki yillik qamoq jazosiga hukm etilgan. Mana şu davrdagi tuşkunlik, ruhiy iztiroblar uning «Reding qamoqxonasi balladasi» (1898) asarida tasvirlangan.

Ijodkorlarga nisbat berilganda odatda ularning şaxsiyati va ijodi hamişa ham mutanosib kelavermasligiga guvoh bölamiz. Mana şu nomutanosiblikni Oskar Uayld öz qahramoni rassom Bezil Xolluard tilidan aytilgan quyidagi jumla bilan izohlaşga urinadi:

«San’atkorning tuyğulari uning asarlarida aks etmaydigandek böladi. San’at biz öylagandan köra mavhumroq narsa. Mening miyamga tez-tez bir fikr kelib turadi – san’at özida san’atkorni oşkor etişdan köra köproq darajada uni yaşiradi».

Bu iddaoga köra san’atkor va san’at ayro-ayro tuşunçalar. Birining hislari ikkinçisida mutlaqo akslanmasligi mumkin. Biroq bu ham oliy haqiqat emas, boisi Oskarning «mangu ruhi» lord Genri timsolida zamonlar oşa yaşab kelmoqda.

Yozuvçi aynan şu qahramoniga öz sezimlarini yuqtira olgan. Ijodkorning nozik, şu bilan birga ziddiyatli şaxsiyatini uning nafis şe’riyatida, ğaroyib ertaklarida, öyga toldiruvçi dramalarida hamda larzaga keltiruvçi romanida uçratiş mumkin. 

Xöş, asar nima haqida?

Buni muallifning özi ham romanning bir neça joyida oçiqlaydi va sirli portret aslida ramz ekanligini u insonning qalbi yoxud vijdoni ölaroq tasvirlanişini aytadi. Men bunga şunday ta’rif berdim: asar tamomila qalbini Iblisga sotgan qalbsiz insonning qalb qiynoqlari haqida. 

Qalbsiz insonda qanday qalb qiynoqlari bölişi mumkin? Narsiss Dorian qanday azob iskanjasida qoldi? Nahot şunça yovuzliklardan söng ham unda biroz bölsa-da vijdon qolgan-u, mana şu zaif zarra uni maxfiy xonaga boşlab öz suratiga tikilişga majburlay olsa? Bunday «oliyjanoblik»ni körgan öquvçi beixtiyor Lermontovning «Zamonamiz qahramoni»ni yodga olişi tayin.