Karvonsaroy egasi Benişon xuddi şunday muşkul ahvolga tuşadi. Keçagina odamlar orasida yurgan kişi sekin-asta toşbaqaga aylana boşlaydi. 5 daqiqaning uşbu sonida özbek adabiyotining eng noodatiy va falsafiy asari - Temur Pölatovning «Taroziy toşbaqasi» romani haqida gaplaşamiz.

Roman markazidagi Taroziy – u buxorolik şoir va olim edi. U bir joyda muqim yaşamaydi, şaharma-şahar kezadi, risolalar yozadi, tabiatdagi hodisalarni kuzatib, boşqalar körmagan boğliqliklarni topadi.

Uning navbatdagi manzili qum bosib borayotgan sirli şahar böladi. Taroziy karvonsaroyga kelganida, bu yerda allaqaçon ğalayon boşlangandi. Karvonsaroy egasi Benişon ğoyib bölgan, xonasining devorida esa katta teşik paydo bölgandi.

Savdogarlar turli taxminlarni örtaga taşlaydi. Birov uni qarzdan qoçgan deydi, boşqasi devorni yirtqiç teşgan deb öylaydi. Qozi suriştiruv boşlaydi. Benişonning xizmatkori xöjayini sönggi paytlarda uyidan kam çiqqani, oyoqlarini örab yurgani va harakatlarida ğalati özgarişlar paydo bölganini aytadi.

Taroziy şahardan çiqqaç, sahroda ulkan toşbaqaga duç keladi. Toşbaqa uning ortidan ergaşadi. Keyin ma’lum böladiki, bu oddiy jonivor emas, karvonsaroydan ğoyib bölgan öşa Benişon edi.

Benişon toşbaqa qiyofasida Taroziyga boşidan ötganlarini sözlab beradi. Avval uning orqa terisi qotib, sezmaydigan bölib qolgan. Qöl-oyoqlari şişgan, tanasi şaklini özgartirgan. Yurolmay, tört oyoqlab sudralişga majbur bölgan. Özgariş oxiriga yetgaç, kosasi bilan devorni teşib, taşqariga çiqib ketgan.

Ammo Benişonning toşbaqaga aylanişi tasodif bölmagan.

Uning oilasida avlodlari toşbaqadan tarqalgani haqida qadimiy gap yurardi. Benişon bu gaplarni şunçaki irim deb qabul qilardi. Özi toşbaqaga aylangaç, avlodlardan ötib kelgan belgi uning tanasida qayta uyğonganini tuşunadi.

Taroziy uçun esa Benişon tabiat taqdim etgan noyob tajriba edi. Olim toşbaqalarni örganadigan yangi yönaliş bilan şuğullanar, hayvonni inson qiyofasiga qaytariş imkonini izlardi. U Benişon ustida muolajalarni boşlaydi.

Tajriba muvaffaqiyatli çiqadi: toşbaqaning oyoqlari inson oyoğiga, panjalari qölga aylanadi, dumi tuşib ketadi, kosasi yöqoladi. Benişon yana ikki oyoqda turadi, kiyim kiyadi va gapiradi. Biroq har bir muolaja uni ön yilga qaritadi. Yigirma yetti yoşli Benişon qisqa vaqt içida örta yoşli kişiga aylanadi.