Dunyoning eng yaxşi aviakompaniyalaridan biri Qatar Airways özining yangi avlod uzoq masofali Boeing samolyotlarida birinçi toifali salonni taklif qilmaydi, deya xabar berdi taşuvçining boş direktori Akbar Al-Bakir Bloomberg agentligiga. Uning sözlariga köra, eng haşamatli örindiqlarga sarmoya kiritiş daromadlar bilan oqlanmaydi va aviakompaniyaning biznes klassi ham şunday imtiyozlarni taqdim etadi. 

Birinçi klassdan voz keçiş strategik xavflarni keltirib çiqarişi mumkin, çunki boşqa yirik aviakompaniyalar, jumladan Germaniyaning Lufthansa, Avstraliyaning Qantas Airways va Fransiyaning Air France premium xizmatlarga köproq e’tibor qaratmoqda, deb ta’kidladi Bloomberg. Lufthansa rahbari Karsten Sporning ta’kidlaşiça, dam oliş maqsadida parvoz qiluvçi sayohatçilar maxsus taqdim etilgan şaroitlarni afzal körişadi va kompaniya samolyotlarining old qismi (birinçi klass joylaşgan) avval heç qaçon bunçalik gavjum bölmagan, deb yozadi agentlik. 

Bloomberg xabariga köra, Qatar Airways aviakompaniyasining Boeing 777X samolyotlarida birinçi klass mavjud bölmaydi. U Qatar Airways aviakompaniyaning 10 ta Airbus A380 samolyotlarini foydalanişdan olganidan söng eng yirik samolyotga aylanadi. Samolyotlarda klasslar asta-sekin moslaşuvçan bölib bormoqda: aviakompaniyalar biznes-klass va budjet örindiqlari örtasida premium-ekonom taqdim etyapti, birinçi klass esa köproq top-menejyerlar yoki umrida bir marta sayohatga katta sarmoya kiritişga tayyor bölgan oddiy yölovçilar qiziqişi bölib qolmoqda, deydi agentlik. 

Qatar Airways Skytrax konsalting kompaniyasi tomonidan ketma-ket yettinçi marta 2022 yilda dunyoning eng yaxşi aviakompaniyasi deb topildi. 2022 yilda ikkinçi örinda Singapore Airlines, uçinçi örinda Emirates joylaşdi. Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi beşinçi örinni egalladi. Kuçli öntalikka, şuningdek, Japan Airlines, Turkish Airlines, Air France, Korean Air va Swiss International Air Lines kirdi.