Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi mahallalardan biriga suv toshdi
Kecha, 4 iyun kuni Sergeli tumani, Junariq mahallasidagi 9 ta xonadon va 3 ta ishlab chiqarish korxonasi hududiga suv toshishi kuzatilgan.
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, holat Toshkent shahar Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan o‘rganilgan va bartaraf etishga kirishilgan. Tegishli xizmatlar tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida suv toshqini to‘liq bartaraf etilgan.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 9 ta maxsus texnika, 7 ta suv tortish moslamasi, «Toshkent shahar suv ta’minoti» korxonasidan 2 ta vodovoz hamda Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasidan 2 ta vodovoz jalb etilgan.
Aniqlanishicha, holat Toshkent viloyati Bo‘zsuv irrigatsiya tizimlari boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasini ogohlantirmasdan Sergeli tumani, «Junariq» MFYdan oqib o‘tuvchi Jun kanalining hamda Chilonzor tumani, Seul ko‘chasidagi Bo‘rijar kanalining suv olish inshootlari noma’lum sabablarga ko‘ra yopilganligi hamda Salar kanaliga to‘liq suv ochilganligi oqibatida yuzaga kelgan, deyiladi rasmiy ma’lumotda.




Mavzuga oid
14:40
Muammo ijtimoiy tarmoqda tarqalganidan keyingina hal etilgan – prezident murojaatlar bilan ishlashdagi holat haqida
09:23 / 16.02.2026
Markaziy Osiyoda suv-energetika hamkorligi: uch davlat kelishuvga erishdi
09:32 / 07.02.2026
2027 yildan suvdan foydalanish solig‘i suv tejamkorligiga bog‘lanadi
21:10 / 21.01.2026