Şotlandiya, Uels va Şimoliy Irlandiya rahbarlari Londondan Buyuk Britaniya tarkibidan çiqiş böyiça referendumlar ötkaziş huquqini berişni talab qiluvçi qöşma deklaratsiyani imzolaydi, deb xabar berdi The Sunday Telegraph.

Naşr 14-sentabr kuni Uelsning Kardiff şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan uçraşuvni misli körilmagan voqea deb atadi va uşbu kelişuv «Buyuk Britaniyani parçalaşga qaratilgani»ni taʼkidladi.

Şotlandiyaning birinçi vaziri Jon Suinni, Uelsning birinçi vaziri Run ap Iorvert va Şimoliy Irlandiyaning birinçi vaziri Mişel ÖNil uçraşuviga Irlandiyaning milliy-respublikaçi «Şinn Feyn» partiyasi rahbari Lu Makdonald ham qöşiladi.

«Tarixda ilk bor Şotlandiya, Uels va Şimoliy Irlandiyaga mustaqillik tarafdori bölgan birinçi vazirlar rahbarlik qilmoqda. Hozirgi status-kvo yaşovçan emasligi, beqarorligi va London hukumati Buyuk Britaniya parçalanganidan keyingi istiqbolga tayyorlanişi kerakligining bundanda yaqqol dalili yöq», - deya Suinnining sözlaridan iqtibos keltiradi naşr.

U Buyuk Britaniya hukumati rahbari Endi Byornemga «Buyuk Britaniyaning sönggi boş vaziri sifatida tarixga kiriş»i haqida öylab körişni taklif qilgan.

Gazetaning qayd etişiça, Kardiffda imzolanişi rejalaştirilayotgan özaro anglaşuv memorandumi törtta soha - iqtisodiyot, energetika, Yevropa va xalqaro hamjamiyat bilan munosabatlar hamda öz taqdirini özi belgilaş huquqini öz içiga oladi.

Şuningdek, unda Buyuk Britaniyaning hozirgi barça maʼmuriy-siyosiy qismlari Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirişi kerakligi körsatiladi: Şotlandiya va Uels yangi aʼzo sifatida, Şimoliy Irlandiya esa Irlandiya Respublikasining bir qismi sifatida.

Uçraşuv haqida AQŞ prezidenti Donald Tramp Irlandiya boş vaziri Mixol Martin bilan Dublinda uçraşganidan bir kun ötib maʼlum böldi. Uçraşuv vaqtida Tramp respublika Şimoliy Irlandiya bilan birlaşişini xohlaşini aytgan. Britaniyaning asosiy partiyalari uning bu bayonotini tanqid qilgan.