Qarşi şahrida joylaşgan bozor hududida yonğin sodir böldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa töğrisida rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

Bugun, 7 iyun kuni soat 11:29 da Qaşqadaryo viloyati Qarşi şahar Yerqörğon bozori hududida joylaşgan ikki qavatli dökonning 2-qavatida yonğin sodir bölayotganligi töğrisida şahar FV bölimiga xabar tuşgan.

Şunga köra, 5 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 11:41 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat 11:55 da örab olingan va soat 12:00 da öçirilgan. Şuningdek, qöşimça ravişda 2 ta suv taşişga möljallangan transport vositasi jalb etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, yonğin natijasida ikkinçi qavatda joylaşgan dökonning 210 kvadrat metr maydonda içki va tom qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar yöq. Hozirda yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.