Respublika ixtisoslaştirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Murod Irismetov şu mavzudagi mulohaza va xulosalari bilan örtoqlaşdi. 

«Bu oğir kasallik tibbiyotda son suyagi boşçasining avaskulyar osteonekrozi deb ham ataladi. U suyak töqimasida qon oqimi vaqtinça yoki doimiy buzilişi oqibatida yuzaga keladi.

Soddaroq tuşuntirsak, tanamizdagi suyaklar bir-biridan toğay bilan ajralib turadi. Yuzalari böğim paylari bilan mustahkamlangan. Ular harakat çoğida yuzaga keladigan taşqi zarbalarga qalqon böladi. 

Böğimlar içki qavati esa maxsus parda bilan qoplangan bölib, özidan suyuqlik çiqarib turadi va şu tufayli böğimlar elastikligi ortadi hamda harakat-tayanç vazifasini ötaydi. 

Son suyagi boşçasi tananing şu qismidan ötgan bitta arteriya bilan oziqlanadi. Agar unga qon borişi buzilsa yoki töxtasa, böğimlar kislorod va boşqa hayotiy zarur moddalarga töyinmasligi oqibatida nekroz, ya’ni hujayra va töqimalar nobud bölişi jarayoni boşlanadi.

Nekroz öçoği kattalaşgani sayin son suyagi boşçasi öz mustahkamligini yöqotib, tana oğirligiga bardoş berolmay qoladi. 

Bora-bora tananing bu qismi şunçalik mört bölib qoladiki, u jismoniy harakatlar ostida xuddi tuxum pöçoğidek uqalana boşlaydi. Söng çanoq-son böğimida kuçli oğriqlar yuzaga kelib, harakat çeklanadi», deya mutaxassisning sözlarini keltirgan SSV matbuot xizmati. 

Kasallik şakllanişi turli omillar bilan boğliq. Tromboz, tromboemboliya, gormon vositalari, böğimlar şikastlanişi, spirtli içimliklar şular jumlasidan. Qolaversa, aseptik nekroz oğir revmatik kasalliklar hamda COVID-19 asorati sifatida ham şakllanişi mumkin.

Ya’ni pandemiya davrida ayrim bemorlar belgilangan dori vositalaridan özboşimçalik bilan foydalanişi, ayniqsa, gormon preparatlarini palapartiş qöllaşi ularda avaskulyar osteonekroz paydo bölişiga olib keldi. 

Çunki bu preparatlar D vitamini va kalsiyning suyakka yetib borişiga tösqinlik qiladi. Qolaversa, son suyagi boşçasini oziqlantiruvçi tomirlardan ötayotgan qon quyuqlaşişi bu böğimning normal oziqlanişiga tösqinlik qiladi.

Xuddi şunday omillar aseptik nekrozga çalingan bemorlar soni keyingi yillarda 3-4 barobar ortişiga olib keldi. Tahlillarga köra, hozir bu holat köproq erkaklarda kuzatilmoqda.