2014 yildan beri taşqi işlar vaziri lavozimida işlab kelgan Mavlud Çovuşöğli Antaliyada deputat sifatida faoliyatini davom ettiradigan böldi. Milliy razvedka taşkilotini boşqarib kelgan Hoqon Fidan uning örniga taşqi işlar vaziri lavozimiga tayinlandi.
Şuningdek, Turkiyaning Suriya va Iroqda ötkazilgan bir qator harbiy operatsiyalari muallifi Yaşar Guler Mudofaa vazirligiga rahbarlik qilişni boşladi.
Kun.uz muxbiri Turkiyadagi kadr özgarişlari haqida şarqşunos tahlilçi Yasin Hazratqulov bilan suhbatlaşdi.
— Erdöğan keyingi prezidentlik saylovlarida öz nomzodini qöymasligini e’lon qilgan edi. Saylovdan keyingi şakllantirilgan hukumat esa deyarli töliq almaştirildi. Bu bilan Erdöğan 5 yildan keyin ham öz ta’sir doirasini saqlab qolişga harakat qilyapti, deyişimiz mumkinmi?
— Mutaxassislarning fikriça, mazkur saylov Erdöğanning 20 yillik faoliyatidagi eng qiyin saylov böldi, yiğilgan ovozlar ham boşqa saylovlarga qaraganda pastroq böldi, şuningdek, yoşlarning muxolifat tomonini qöllab-quvvatlaşi bu saylovda köp narsalar özgarganini anglatadi. Yaqinda prezident öz jamoasi tarkibini e’lon qildi va biz unda tarkibning deyarli töliq yangilanganiga guvoh böldik. Bunga Turkiyadagi iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni sabab sifatida körsatiş mumkin, jumladan, yil boşidagi zilzilaning oqibatlari yoki turk lirasining qadrsizlanişi va boşqalar.
Umuman olganda, hukumat tarkibining qisman özgarişi kutilgan holat edi, biroq uning butunlay özgarişi çindan ham kutilmagan holat böldi. Erdöğan hokimiyatda şu orqali öz ta’sirini saqlab qolişni közlagan bölişi mumkin, biroq buni vaqt körsatadi.
— Taşqi işlari vaziri etib, sobiq razvedka boşliği Hoqon Fidan tayinlandi. Sizningça, Turkiya bu orqali taşqi siyosatida qanday rejalarni işlab çiqişi mumkin?
— Mavlud Çovuşöğlining Taşqi işlar vazirligidan ketişi va deputat lavozimiga saylanişi barça uçun kutilmagan holat böldi. Çunki u ança pragmatik taşqi siyosat olib borardi. Çovuşöğli – Turkiya taşqi siyosatini tubdan özgartirgan şaxs, şuningdek, u bu lavozimda eng uzoq muddat işlagan amaldor hisoblanadi.
Hoqon Fidan – juda sirli siyosatçi, biz uni 4-5 yil ilgari tanişni boşladik. U Milliy razvedka taşkiloti rahbari edi, bu taşkilot 2010 yilda taşkil qilingan, biroq Fidan Erdöğan hokimiyatida 2003 yildan beri bor, ya’ni öşa vaqtlardan beri ham u katta lavozimlarda işlab kelgan. Şuningdek, u Turkiyaning hamkorlik va muvofiqlaştiriş agentligi rahbari bölgan va bu lavozimdagi eng yaxşi rais sifatida tarixda qolgan. Ba’zi manbalarda Turkiyaning Afrikadagi taşqi siyosati çizgilari aynan Fidan davrida çizilgan, degan fikrlar mavjud.










