Özbekistonda bolalar adabiyoti «koma»da ekani aytib kelinmoqda. Bolalar yozuvçisi va psixologi Muazzam Ibrohimova Kun.uz bilan suhbatda Turkiya 20 yil oldin bu muammoni qanday hal qilgani haqida gapirdi.

«20 yilça oldin Turkiyada millat umuman kitob öqimay qöygan. Şundan keyin hukumat bolalar noşirlari va adiblarini yiğib, uşbu muammoni yeçiş masalasini örtaga taşlagan. Hukumat vakillari millatning savodsiz bölib ketayotganidan qayğurib, buni hal qiliş yöllarini izlagan. Bu muammolarni hal qiliş, bolalar naşrlari, naşriyotlari va bolalar adiblarini rağbatlantiriş uçun Turkiya hukumati juda katta mablağ ajratgan. Hozir ham xuddi şunday. Agar bolalar adibi yaxşi kitob yozgan bölsa, albatta, rağbatlantiriladi. Öşa kitobni naşr qilgan naşriyotga ham ma’lum darajada mablağ beriladi. Şu kitobni sot, sotolmasang böldi, degan gap yöq. Kitobni bola öqib hazm qilib, öqib yaxşi körib örgangunigaça naşriyotlar qöllab-quvvatlab turiladi, kutiladi», – deydi Ibrohimova.

Uning taqqoslaşiça, Özbekistonda bu holat teskari işlaydi — naşriyotlar bitta kitob sotilmagunça boşqa kitoblarni naşr qilişga qiynaladi. 

«Böyoğiga pul kerak, yana boşqa xarajatlari bor. Tipografiyalarda qoğoz muammosi bor. Çiqargan kitobini sotib, sarflagan puli öziga qaytgunça naşriyotning hisobida pul bölib turişi kerak», — deydi u. 

Muazzam Ibrohimova muammolarni hal qiliş uçun naşriyotlarga heç bölmasa, öta past foizlarda imtiyozli mablağlar berilişi yoki qaytarib beriş şarti bölmagan grantlar ajratilişi kerakligini aytadi. 

Yozuvçi Turkiyada bolalar kitoblarini naşrga tayyorlaş jarayoni ham uzoq va sinçkovlik bilan davom etişi haqida gapirdi. 

“Turkiyada şunaqa naşriyotlarni kördim, ya’ni yozuvçi kitobni yozadi va uni hali naşrga bermasdan oldin 2ta guruhga tarqatadi. Bittasi bolalar adiblari guruhi, yana bittasi bolalar guruhi. Bolalar guruhida öşa kitob möljallangan bolalar böladi. Bolalar adiblari guruhi kitobni naşrdan oldin körib çiqib, hamma kamçiliklari va yutuqlarini aytişadi. Keyin bolalar guruhidan ham fikr olinadi. Masalan, bolalar qaysidir ranglar ularni çarçatayotgani yoki men bu işni qilmagan bölardim desa, yozuvçi buni inobatga oladi. Demak, men bola ruhiyatini tuşunmabman deb öylab köradi. Va hamma kamçiliklar tuzatilganidan keyin, öşa kitob naşr qilinadi. Şuning uçun ranglari ham çiroyli, mavzulari ham rang-barang. Şu sabab Turkiyaga borsam, ortiqça yuk bölsa ham, narxlari qança bölişidan qat’i nazar közimni çirt yumib sotib olib kelaman