Saylovoldi dasturining ta’limga oid bandida ta’kidlanganidek, Xorazm boğçalarida kompyuter sinflarini taşkil qiliş, boşlanğiç sinf öquvçilariga planşet tarqatiş boşlanadi, deya xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.
“Xorazmning “taşrif qoğozi” IT böladi. Avvalo, “maktab – oliygoh – IT kompaniyasi”dan iborat yaxlit IT ta’lim va xizmatlar zanjiri yaratiladi”, dedi Mirziyoyev. Buning uçun, viloyatda yetti yilga möljallangan, raqamlaştiriş sohasida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” deb nomlangan loyihaga start beriladi.

Boğçalarda kompyuter sinflarini taşkil qiliş, boşlanğiç sinf öquvçilariga planşet tarqatişning birinçi bosqiçida Xorazm viloyatdagi 543 ta maktabdan 110 tasi tanlab olinib, boşlanğiç sinf öquvçilariga “noutbuk” olib beriladi.

Şuningdek:
- yuqori sinflarda dasturlaş, veb-dizayn kabi sohalar kasb sifatida öqitiladi;
- Xorazmning barça boğça va maktablari filtrlangan içimlik suvi bilan töliq ta’minlanadi;
- 2030 yilga qadar maktabgaça ta’limga bölgan ehtiyoj töliq qoplanadi va qamrov hozirgi 79 foizdan 100 foizga yetkaziladi;
- qariyb 2 trillion söm mablağ hisobiga 500 ga yaqin yangi boğçalar taşkil etiladi.

Şuningdek, kelgusi yetti yilda zamonaviy maktablar barpo etiş, mavjudlarining quvvatini oşiriş hisobiga qöşimça 90 ming öquvçi örni yaratiladi. Natijada, viloyatda öquvçisi 30 nafardan köp bölgan sinflar qolmaydi, deb ta’kidladi nomzod (hozirda 2 mingdan ziyod sinfda 35 ta va undan köp bola öqiydi).














