Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 8 mayni Xotira va 1939-1945 yillardagi Ikkinçi jahon uruşida natsizm ustidan qozonilgan ğalaba kuni sifatida belgilovçi qonunni imzoladi. Bu haqda Oliy Rada sayti xabar berdi. 

May oyining oxirida qonun loyihasi Rada tomonidan qabul qilingan edi. Uni 317 deputat qöllab-quvvatladi, faqat bir nafari qarşi çiqdi, yana 35 nafari ovoz bermadi. 

Hujjatga muvofiq, 8 may Ukrainada dam oliş kuni deb e’lon qilindi. 

2015 yildan beri Ukrainada 9 may Ikkinçi jahon uruşida natsizm ustidan ğalaba qozonilgan kun, 8 may esa Xotira va yaraşiş kuni sifatida rasman nişonlanar edi. 

Natsizm ustidan qozonilgan ğalaba bayramini 8 mayga ötkaziş taşabbuskori Zelenskiy böldi. U 8 may kuni «dunyo uruşda halok bölganlarning xotirasini hurmat qilişini» va bu «mafkuraviy qöşimçalardan xoli bölgan sof tarix» ekanini tuşuntirgan edi. 

Şuningdek, u 9 mayni Ukrainada Yevropa kuni sifatida nişonlaş töğrisidagi farmonni imzoladi. Bu iş kuni hisoblanadi.