Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i mamlakatda muhofazaga olingan noyob hayvonlardan biri bo‘lib, zaif, mozaik tarqalgan kenja tur hisoblanadi. Ushbu jonivor Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil ro‘yxati va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Qo‘ng‘ir ayiqning ko‘rish qobiliyati yaxshi emas, hid bilish va eshitish qobiliyati esa kuchli. U daraxt tanasi va yirik butalarga ishqalanib, hidini qoldiradi. Bu belgilar boshqa ayiqlar bilan yuz berishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuvlarning oldini oladi.















