Bellaşuvda bölimlar turliça böldi. Birinçisi teng kuraşlar ostida keçgan bölsa, tanaffusdan söng maydonga tuşgan Oston Örunov, Hojimat Erkinov va Jamşid Iskanderov kabi futbolçilar hujumlar sonini oşirişdi. Aynan zaxiradan tuşgan öyinçilar Eldorning gollariga assistentlik qilişdi.
E’tiborlisi, Şomurodov Özbekiston safidagi gollarini 36taga yetkazib, Maksim Şatskixni (34) ortda qoldirgan holda milliy jamoa tarixidagi eng yaxşi töpurarga aylandi.
Özbekiston guruh bosqiçidagi 3-turni 17 iyunda Tojikistonga qarşi ötkazadi va bu bahsda katta ehtimol kam öynagan yoki öynamagan futbolçilar sinovdan ötkaziladi. Çunki Sreçko Katanets şogirdlari guruhda yetakçi böliş masalasini hal qilib ulgurişdi. Final esa 20 iyunda «Bunyodkor» stadionida bölib ötadi va unda mezbonlarga V guruhi ğolibi (Eron yoki Qirğiziston) raqiblik qiladi.
Noqulay dim havoda ötgan öyindan olingan fotosuratlarni tomoşa qilişingiz mumkin.










































