Janubiy Koreya Qurolli kuçlari ştab boşliqlari birlaşgan qömitasida ma’lum qilinişiça, suvdan 15 iyun kuni keçqurun harbiy josuslik sun’iy yöldoşini olib uçgan raketaning ikkinçi bosqiçi olib çiqilgan.

Qayd etilişiça, raketa taşuvçi parçalarini olib çiqiş böyiça operatsiya uzoq davom etgan, çunki u bir qator muammolar, jumladan, noqulay suvosti şaroitlari bilan boğliq edi.

Topilgan raketa taşuvçi qoldiqlari Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuçlarining Pxyontekdagi ikkinçi flotiga yetkaziladi.

Harbiylar raketaning boşqa qismlarini, jumladan, uçinçi bosqiç va ehtimoliy sun’iy yöldoşni qidirişni davom ettirmoqda. 

Janubiy Koreya va AQŞ hodisa yuzasidan birgalikda tergov ötkazişni rejalaştirmoqda.