Gaz plitasidagi bitta öçoqdan tarqaladigan benzol konsentratsiyasi tamaki tutunidan ham yuqori darajada bölişi mumkin.

AQŞ Stenford maktabi tadqiqotçilari 87 ta uy xöjaligidagi gaz plitasidan çiqadigan benzolni ölçab, uning miqdori Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan belgilangan me’yorlardan oşib ketişini aniqladi. Bu haqda The New York Times yozdi.

Jumladan, gaz plitasi 180 C° darajada 45 daqiqa davomida yoqilganda, xona içidagi benzol miqdori tamaki tutunidan tarqaladigan miqdordan oşib ketgan. Olimlarning ta’kidlaşiça, zararli çiqindilar oşxonadan butun uyga tarqaladi va u yerda bir neça soat davomida qoladi.

Şu bilan birga, Stenford olimlari tomonidan ötkazilgan tadqiqotga köra, elektr va induksion plitalardan tarqaladigan zararli moddalar miqdori juda kam.

Onkolog Jyenis L.Kirş tadqiqot natijalarini şarhlar ekan, gaz plitalaridan tarqaladigan benzol miqdori xavotirli ekanini aytdi.

«Biz metan yoqilganda benzol tarqalişini bilardik. Lekin uning miqdorini ölçaş – bu katta yutuq. Zararli moddalar miqdori kutilganidan yuqori ekani aniqlandi. Bu ança xavfliroq», dedi doktor Kirş.

Uning ta’kidlaşiça, odamlar uydan taşqarida ham zararli kimyoviy moddalarga duç kelişadi - bu çiqindi gazlar, zavod va fabrikalardan tarqaladigan tutun, örmon yonğinlari tutuni. Ammo uyda ular zararli moddalar darajasini nazorat qilişi mumkin. Uning sözlariga köra, odamlar induksion peç sotib olişi, toster, elektr çoynaklardan foydalanişi va binolarni ventilyatsiya qilişi mumkin.

BMT Saraton tadqiqotlari böyiça xalqaro agentligi va AQŞ atrof-muhitni muhofaza qiliş agentligi benzolni kanserogen modda sifatida belgilaydi. Undan nafas oliş leykemiya va limfoma, şuningdek, boşqa jiddiy kasalliklar xavfini oşirişi mumkin. Şifokorlarning ta’kidlaşiça, benzolning odamga ta’sir qiliş darajasi xavfsiz emas.