Ugandada terrorçi-isyonçi guruhning maktabga uyuştirgan hujumi oqibatida kamida 38 nafar bola va uç nafar katta kişi halok böldi. Independent xabariga köra, hujum mamlakat ğarbida, Kongo Demokratik Respublikasi bilan çegaraga yaqin joyda sodir etilgan.
Uganda politsiyasining xabar berişiça, bolalarning ba’zilari yonğinda halok bölgan yoki piçoqlab öldirilgan, boşqa köplab öquvçilar, asosan qizlar guruh tomonidan öğirlab ketilgan.
Hujum juma kuni keçqurun sodir bölgan va qurbonlar soni dastlab 25 kişi edi. Şanba kuni rasmiylar 41 jasad topilganini, jumladan, 38 nafar maktab öquvçisi, bir qöriqçi va ikki mahalliy hamjamiyat a’zosi maktab oldida otib öldirilganini aytdi. Şu bilan birga, maktabdagi yonğin hali ham öçirilmagan, şuning uçun yangi jasadlar topilişi mumkin. Şuningdek, sakkiz kişining ahvoli oğir.
Hujum qilganlar IŞID tarafdori bölgan Demokratik kuçlar ittifoqi (ADF) nomli jangari guruh a’zolari ekani aniqlangan. ADF sönggi yillarda Kongodagi bir neçta hujumlar, jumladan 2021 yilda 30 askar va uç nafar tinç aholining ölimi uçun javobgar bölgan. Guruh 2000 yillardan beri faol.








