Xitoy hukumati Tszyansu provinsiyasidagi san’at öquv dargohiga piçoq bilan hujum qilgan erkakni qatl qildi, deya xabar berdi «Sinxua».
Ötgan yilning 16 noyabr kuni Syu Tszyatszin Usi San’at va texnologiya kasb-hunar institutida talabalar va öqituvçilarga hujum qilgan, oqibatda 8 kişi halok bölgan, yana 17 kişi jarohatlangan edi. U imtihondan ötolmagani uçun qotillikka qöl urgani ta’kidlandi. Dekabr oyida hujumçi sud tomonidan ölimga hukm qilindi.
Avvalroq, 20 yanvar kuni ommaviy qotillikda aybdor deb topilgan yana bir Xitoy fuqarosi qatl etildi. Guandun provinsiyasining Çjuxay şahri sudi 62 yoşli Fan Veytsyuga nisbatan ölim jazosini ijro etdi. 2024 yil noyabr oyida u maşinasini olomon ustiga haydab, 35 kişini öldirgan va 43 kişini jarohatlagan edi.








