Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyaxu sud islohoti uchun «amaliy qadamlar» haqida va’da berdi
Benyamin Netanyaxu bir necha oylik ommaviy noroziliklarga qaramay, sud-huquq tizimini isloh qilishga intilishda davom etmoqchi. Isroil bosh vaziri buni amalga oshirish uchun mandatga ega ekanligiga ishonchi komil.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bir necha oy davom etgan ommaviy namoyishlarga qaramay, sud-huquq islohotlarini o‘tkazish uchun «amaliy qadamlar» qo‘yishga va’da berdi. 18 iyun, yakshanba kuni Quddusda bo‘lib o‘tgan vazirlar mahkamasi yig‘ilishida siyosatchi muxolifatni Isroil prezidenti Itsxak Gersog vositachiligidagi muzokaralarni cho‘zayotganlikda aybladi.
Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, parlamentdagi muxolifat yetakchisi Yair Lapid va sobiq mudofaa vaziri Benni Gans o‘zini faqat muloqotga tayyor qilib ko‘rsatgan, lekin aslida hukumat bilan til topishishni maqsad qilmagan.
«Shuning uchun biz shu hafta (19 iyundan) uchrashamiz va amaliy qadamlar qo‘yamiz», — deya Netanyaxu so‘zlarini keltirgan dpa. Shu bilan birga, bosh vazir o‘tgan yilning noyabr oyida Knessetga (Isroil parlamenti) bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari saylovlarda o‘zining «Likud» partiyasi g‘alaba qozonganini eslab, islohot «sud tizimini o‘zgartirish bo‘yicha olgan mandatga muvofiq amalga oshirilishini» qo‘shimcha qildi.
Ayni paytda, Yair Lapid allaqachon bu qaror «iqtisodga halokatli zarba beradi, xavfsizlikni xavf ostiga qo‘yadi va Isroil xalqini parchalaydi» deb ogohlantirgan.
Mart oyida Netanyaxu norozilik namoyishlari va ish tashlashlar ko‘payishiga javoban tashabbusni bir necha haftaga kechiktirishga va’da bergan edi.
So‘nggi oylarda hukumat va muxolifat o‘rtasidagi muzokaralar murosaga olib kelmadi, deya qayd etadi dpa. Muxolifat vakillari 14 iyun kuni sudyalarni tanlash qo‘mitasi tarkibi aniqlangach, muhokamani davom ettirishini ma’lum qildi. Ularning tayinlanishi o‘ng qanot diniy-konservativ hukumat tomonidan ilgari surilayotgan islohotlarning asosiy masalasi, deydi ekspertlar.
Mavzuga oid
09:25
Obama va Trampning Eron bilan kelishuvlari nimasi bilan farq qiladi?
13:33 / 17.06.2026
«Mensiz Isroil bo‘lmasdi» – Tramp Isroilning Livandagi harbiy taktikasini tanqid qildi
19:23 / 16.06.2026
AQSh-Eron kelishuvi Netanyahu va Tramp o‘rtasida kelishmovchilikka olib kelmoqda
18:52 / 16.06.2026