Film özi nima haqda?
V for Vendetta filmi Gay Foks niqobini taqqan, haqiqat qidiruvçi, bir neça yildan buyon mamlakatda yalpi nazorat va harbiy diktatura örnatgan hukumatga qarşi kuraşuvçi, ötmişda unga dahşatli azob bergan insonlardan qasos oluvçi V ismli şaxs haqida.
Şuningdek, V tomonidan qutqarilgan, muxolifat vakili bölgan ota-onasi hukumat buyruği bilan qamoqqa olinib, halok bölgan, V’ning şerigiga aylangan Ivi obrazi ham filmning boş qahramonlaridan biri.
Kartinada V’ning qasos, anarxizm va demokratiya yölidagi kuraşi va Ivining bundagi roli tasvirlanadi.

V niqobini taqib yuruvçi Gay Foks kim?
Buning tarixi XVII asrga borib taqaladi. Bu davrda Angliya allaqaçon «dengizlar hukmdori» maqomiga erişgan, dunyoning qudratli davlatiga aylangandi. Oldingi hukmdor, Yelizaveta I mamlakatda opasi Mariya ötkazgan Kontrreformatsiyani bekor qilib, protestantlikka homiylik qiladi. Bu esa mamlakatdagi katoliklar noroziligiga sabab böladi.
Ular Yelizaveta vafot etgaç, uning valiahdi deb e’lon qilingan Şotlandiya qiroli, katolik Jyeyms VI’ga umid boğlaydi. Çunki Angliyadan farqli ravişda, Şotlandiyada katolik oqimi hali ança mustahkam edi. Biroq Jyeyms I nomi bilan Angliya taxtiga ötirgan Jyeyms VI, aksinça, protestantlikka homiylik qila boşlaydi. Natijada, katoliklar mamlakatda Kontrreformatsiya ötkazişga va hokimiyatni yana katoliklar qöliga qaytarişga ahd qiladi.
Ular qirol va protestantlar köpçilikni taşkil qiluvçi parlamentni yöq qiliş uçun fitna tayyorlaydi. Tarixda bu fitna «porox fitnasi» deb ataladi. Fitnaçilar 1605 yil 5 noyabrda, qirol parlamentning har ikki palatasi yiğilişida nutq sözlayotgan paytda parlament binosini porox yordamida portlatişni maqsad qiladi.
«Porox fitnasi»ning eng maşhur a’zosi Gay Foks edi. U parlament ostiga joylaştirilgan poroxni nazorat qilib turişi va portlatişi kerak edi va şuning uçun boşqa fitnaçilar poytaxtni tark etsa-da, Foks Londonda qoladi. Ammo fitna xabari, unga juda köp odam jalb qilingani tufayli, qirolga yaqin insonlargaça yetib boradi va u amalga oşmaydi. 1605 yil 4 noyabr kuni yarim tunda qirollik askarlari parlament binosi yertölasidan Gay Foks va porox solingan önlab boçkalarni topadi.
Fitnaning barça iştirokçilari, jumladan Foks ham qatl etiladi. Qirol buyruği bilan 5 noyabr «najot kuni» deb e’lon qilinadi. Şundan söng Angliya aholisi har yilning şu kunida «Gulxan kuni» yoki «Gay Foks keçasi» bayramini ötkazadi va Foksning somon haykalçalari yoqib yuboradi.















