Uruşlar qanday boşlanadi? Ötgan yilning eng şov-şuvli filmi haqida
|23:48 / 25.06.202369 03914 min
«Inişerin banşilari» filmi 2022 yilning eng şov-şuvli filmi böldi va töqqizta nominatsiya böyiça «Oskar»ga da’vogarlik qildi. Kino birorta «Oskar» haykalçasini qölga kirita olmagan bölsa-da, muxlislar uning eng yaxşi ssenariy, rejissyorlik işi va eng yaxşi aktyor nominatsiyasida ğolib bölişiga umid qilişgandi.
Film kelib çiqişiga köra irlandiyalik bölgan rejissyor Martin Makdonahning törtinçi badiiy filmi sanaladi. Makdonah asli ssenarist sifatida tanilgan. E’tiborni tortadigan jihat ham filmning puxta ssenariysidir.
Film nega bu qadar şov-şuv qözğadi?
Film şu kungaça siz körgan kinolarning odatiy motividan tubdan farq qiladi: uzoq yil orolda birga döst bölib yaşagan ikki odamning döstligi nogohon tugaydi. Birinçisi (Kolm) döstlikka nuqta qöyadi. Ikkinçisi esa (Patrik) buning sababini heç tuşuna olmaydi va şunçaki dösti arazlab olgan deb keçirim sörayveradi. Döstidan sado çiqavermagaç, xira paşşadek yopişadi. Bunga javob sifatida Kolm agar unga sobiq döst yana bir oğiz gapirsa, öz barmoqlarini kesib taşlaşini aytib tahdid qiladi va film yakunida u 5 barmoqsiz qoladi. Kinodagi asosiy syujyet mana şu. Lekin mana şu bir qaraşda zerikarli körinadigan voqealar ortida nima yotibdi? Buning uçun kinodagi har bir detalni alohida maydalab körib çiqişga töğri keladi.
Film voqealari Inişerin orolida bölib ötadi. Inişerin töqima nom bölib, Irlandiyaning bir oroliga nisbatan qöllangan. Filmda körsatilgan davr – 1923 yil. Irlandiyada fuqarolar uruşi davom etayotgan palla. Orol kiçkina va unda sanoqli odam yaşaydi. Banşi sözi ham irland (kelt) mifologiyasidan olingan. Ölim xabarçisi bölgan ayol ma’nosiga ega.
Mana şu kiçik orolda Kolm va Patrik uzoq yillar döst bölib kelişgan. Ular soatlab suhbat qurişadi, Patrik kunduzlari eşak va sigirlarini ötlatadi, keç kirgaç butun orol aholisi mahalliy pabga yiğilib, vaqtiçoğlik qiladi. Har ikkisi-da uylanmagan, yolğiz. Oroldagilarning deyarli barçasi oila qurmagan. Patrikning singlisi ham bor, u ham oilasiz, qolgan qahramonlardan farqli ravişda oroldagi heç kim bilan gaplaşmaydi, vaqtini kitob öqib ötkazadi. Patrik özining eşagiga, Kolm esa itiga ğamxörlik qiladi. Ular suhbatlaşadigan mavzular biri ham eşak göngi haqida.
Film Kolmning Patrik bilan ortiq gaplaşişni istamasligidan boşlanadi. Kolm endi bu suhbatlarni ma’nosiz deb topadi va hayotida tayinli, ma’noli iş qilmoqçi. Patrik esa heç vaqoni tuşunmaydi. Kolm Patrik bilan ikki soat uning eşagining göngi haqida suhbatlaşiş ma’nosiz ekanini qançalik aytmasin, Patrik hayronligiça qolaveradi. «Xöp, Kolm, sen ma’noli nima iş qilmoqçisan? Men musiqa yozaman, çunki musiqa abadiydir». Bu Kolmning Patrikka javobi edi.
Patrik endi özidan şubhalana boşlaydi, demak, men bilan suhbatlaşib bölmasa, men ahmoqmanmi? Singlisi, oroldagilar uning ahmoq emas, aksinça, samimiy ekanini aytişadi. Ammo Patrikning öziga şubhasi ortaveradi, hatto politsiyaçi uni urganda, yiğlab ham oladi. Öziga şubhasi ortganidan badtar ğazabga minadi. Kolm uning kökragidan itarib, boşqalar bilan quyuq munosabatda ekanini qabul qilolmaydi. Bu «samimiy» qahramon Kolm bilan döstlaşgan musiqaçini oroldan ketkaziş uçun «sening otang ölibdi» deb yolğon uyuştiradi. Va buni borib hatto Kolmning öziga aytadi.
Mavzuga oid
Patrik öz hayotidan rozi. Unga hayotidagi hamma narsa ma’qul. Kiçkina orolda yaşaş ham, eşak va sigir ötlatiş ham, hayotining şu zayl ötib ketayotgani ham. Hatto özining mana şu ahmoqligi ham. U biror narsa ustida jiddiy boş qotirib körmagan. Böşangligi, dovdirligi ustida ham. Hayotida ma’no yöqligini heç öylab körmagan. Dösti tomonidan inkor etiliş – endi unga köp narsalarni öylab körişga majburiy turtki beradi. Patrik özgarişga majbur bölgan bölsa, Kolm «men özim özgardim» deydi. Aynan özgargani uçun ham u Patrik bilan ortiq döst bölmoqçi emas. Sababi – öz ölimi haqida öylab kördi, ölimi yaqinlaşar ekan, hayotda heç bir iş qilmagan deb topdi özini va endi bu holni özgartirmoqçi, heç bölmasa, musiqa yozib qoldirmoqçi. U hamma narsa ötkinçiligiga işonadi, ammo bu hayotda san’at – musiqa va poeziya kabilar mangu deb öylay boşladi.
Kolm bu keçinmalarida qançalik samimiy edi? Özgarişga haqi bor edi, biroq özi ham bu özgariş nimaligini anglab yetmagandi. U hayotidan Patrikni quvişi – heç narsani özgartirmasligini bilardi, tayinli musiqa yarata olmasligini ham. Özini bu orolda hammadan köp tuşuna oladi deb bilgani Patrikning singlisiga bu haqda aytadi. «Barmoqsiz qanday musiqa çalasan, Kolm?» Muammo ham şunda, barmoği bor yoki yöqligidan qat’i nazar, u özi istagan musiqani yarata olmasligini biladi. Ammo Kolmga boşqa narsa kerak – progress va jarayon. Bu orolda hayot mutlaqo tinç, kunlar suğur kuni kabi yillar davomida bir xil, zerikarli, nursiz va kulrang, heç qanday yangilik yo voqea sodir bölmaydi, ölim xabaridan taşqari albatta. Çunki ba’zida bu orolda ham kuni bitganlar ölib turadi. Ikki döst orasidagi ziddiyat oroldagi eng katta yangilik böladi, hamma şu haqida gapirişi mumkin endi. Ikkisining hayotiga ham bu hol özgariş olib keladi. Murod Muhammad Döstning «Galatepaga qaytiş» qissasida qahramonning ma’nosiz hayotiga aza ma’no bergani kabi, bu konflikt ikki döst hayotiga ma’no va özgariş, siljiş va progress olib keladi.
Eng qiziği, asosiy voqelik film yakunida boşlanadi – uruş. Ha, kinoning asosiy mavzusi – uruş. Aynan şuning uçun ham bu kino katta şov-şuvlarga sabab bölib turibdi.
Kolm xira paşşa va heç narsani tuşunmaydigan ahmoq döstidan butunlay va tezroq qutuliş uçun unga tahdid qiladi: mabodo bir söz aytadigan bölsa, Kolm barmoğini kesib taşlaydi. Avvaliga Patrik bunga işonmaydi. Ammo pabda ikkisi töqnaş kelgan bir tunda mast Patrik Kolmga kelib içidagilarni tökadi, ğazabini soçadi. Bunga javoban Kolm «sen heç qaçon bu qadar qiziq, jozibali bölmagansan» deb aytadi. Buni aytişga aytadiyu, ertasi kuni bir barmoğini kesib, Patrikning eşigiga otib ketadi. Patrik esa barmoqni avaylab, qutiga joylab qöyadi. Şunda ham Patrik Kolmni tinç qöyişi kerakligini tuşunib yetmaydi, gunohini yuviş, munosabatni tiklaş uçun yöl izlayveradi.
Patrik bu orolçada hayotini boşqaça tarzda davom ettiriş mumkinligini tuşunib yetar darajada ongli emas, anglab yetsa ham, bunga jur’ati yetmaydi. Öşa tunda pabda bölgan yana bir tanişi unga Kolm aytgan gaplarni takrorlaydi (heç qaçon öşa tundagidek jozibali bölmagani haqidagi). Patrik mast edi, öşa keçadagi suhbatni eslolmasdi, ammo unga bu haqda sözlagan Dominik Patrikka maslahat beradi: balki Kolmga nisbatan munosabatda yondaşuvni özgartiriş kerakdir, köproq unga qiziq narsalarni aytişi kerakdir, masalan, musiqa haqida gaplaşişi, özini şalviragan, dovdir emas, mağrur tutişi kerakdir.
Patrik darhol şunday qilişga kirişadi, u buning töğri-notöğriligi haqida öylab ham ötirmaydi. Kolmning uyiga bezbetlarça bostirib kiradi, yaratayotgan musiqasi haqida gaplaşadi, birga pabga borib, pivo içişni taklif qiladi. Kolm Patrikni pabga yuborib, ortidan borişni va’da qiladi. Ammo amalda boşqa iş qiladi – qolgan tört barmoğini ham kesib taşlab, yana Patrikning uyi oldiga taşlab keladi. Bu orada Patrikning singlisi oroldan jönab ketiş, yangi hayot boşlaşdek jasoratni amalga oşiradi. Singlisini kuzatib qaytgan Patrik eng sevimli eşagi barmoq çaynab nobud bölganini köradi. Bu voqealar endi Patrikka mudhiş ta’sir qila boşlaydi. Singlisi ketdi, eşagi öldi, birdan bir suhbatdoşi Dominik ham özini suvga taşlab, halok böldi. Bularning bari bir keçada sodir böldi. Ustiga ustak Kolm u bilan heç qaçon gaplaşmaydi va jahl qilib beş barmoğini ham kesib taşladi. Şu paytgaça samimiy niqobidagi Patrik endi keskin özgaradi. U uruş boşlaydi. Kolmning oldiga borib, eşagi ölganini aytadi. Buning uçun Kolm uzr sörab, ana endi hammasi tugagani, u barmoqlaridan, Patrik eşagidan judo bölişi hammasiga nuqta qöyganidan gapiradi. Ammo Patrik bunga endi rozi emas, Kolmning uyini yoqmoqçi. Uning uruşi endi boşlandi. Kolm uyning içida bölsa, yanada yaxşi, çunki to tomonlardan biri ölmas ekan, bu uruşga nuqta qöyilmaydi. Yaxşisi, özining banşilar haqidagi noyob musiqasini yozib tugatgan Kolm uyning içida bölsin va yonğinda hozir öla qolsin.
Patrik uyga öt qöyadi, uyning içidagi Kolm şunday ölim topişga hali rozi emas, u öz uyi yonişini oroldagi suv böyiga kelib tomoşa qilib ötiradi. Patrik uning oldiga keladi, keraksiz suhbat keçadi, keyin ikkiga ayrilib ketadilar, ammo Patrikning iltijoli nigohida yugurib kelib, Kolmni quçiş, undan döst bölişni yalinib söraşdek ötinç bor. U uruşni boşladi, ammo endi nima qilişini bilmaydi. Odamlarning hammasi yaxşi aslida, yaxşi odamlar hammaga yaxşi bölişini istaşadi, faqat bitta tomoni bor – faqat özlariga yaxşi bölişini, faqat özlari bor joyda yaxşi bölişini xohlaydi. Agar yaqinlariga, jon döstlariga ularsiz ham yaxşiligini bilsa, bunga toqat qilolmaydi, ayni şu nuqtada uning yaxşiligi tugaydi. Xuddi Patrik bilan bölgani kabi. U özini yaxşi, samimiy odam deb bilardi, hatto oroldagi eng yaxşi. Va bundan doim faxrlanardi. Ammo döstiga va qolganlarga usiz ham yaxşiligini bilgaç, singlisi usiz ham yaşab keta olişini, dösti undan köra musiqaçi tanişlari oldida özini yaxşiroq his qilişi bilgaç, bunga çidolmadi. U haqiqatni qabul qilişni istamadi. U bu qadar kuçli, heç kimga boğlanmay yaşay oladigan darajada ongli va erkin odam emas edi.
Aslida voqealardan boşqaça xulosa çiqarib, hayotini butunlay özgartirişi, bu oroldan ketişi, mutlaq yangi va boşqa hayot qurişi mumkin edi xuddi singlisi kabi, ammo u bunday hayot özi uçun emasligini bilardi. Şu sabab uruşni tanladi va uruşni boşladi.
Kino uruş allegoriyasimi?
Katta bahs qözğagan savol ham şu. Çindan bu kino uruşni ramzlaştirganmi? Ramzlaştirgan bölsa, aynan qaysi uruşni, hozirgi rus-ukrain uruşinimi yo 1923 yilgi Irlandiya fuqarolar uruşinimi? Birinçisi haqida kinoda aynan aytilmasa ham, ammo rus-ukrain uruşi haqida yaxşiroq bilganlar bemalol bunga ham boğlaş mumkinligini tuşunişadi. Ammo Irlandiyadagi fuqarolar uruşi kinoda aynan körsatilmay turib, markaziy öringa olib çiqilgan. Film qahramonlari kunning biror qismida orolning narigi tomonidan öq ovozlarini eşitişadi, xavotir olib qarab qöyişadi, qaçon tugarkan bu uruş deb xayol qilişadi. Kinoda oroldagi yagona politsiyaçi tilidan orolning narigi qismiga ketiş, u yerdagi qatllarda iştirok etiş, ölayotgan odamni köriş orzusi yangraydi. Yana u uruş haqida Kolm bilan gaplaşa turib, qiziq gap aytadi. Avvallari odamlar nimaga qarşi urişayotganini bilişgan, hamma bir tomonda bölgan (bunda Irlandiyaning mustaqillik istab Britaniya armiyasiga qarşi uruşi nazarda tutilgan), hozir esa kim kimga qarşi urişayotgani va nima uçun urişayotgani noma’lum.
Irlandiyadagi mustaqillik uçun keçgan uruşdan keyin Erkinlik şartnomasi imzolanadi. Şartnomada Irlandiya Britaniya tarkibidagi erkin davlat bölişi közda tutilgandi. Ammo bunga fuqarolarning köp qismi qarşi çiqdi. Ular töliq ozodlik uçun kuraşgandilar. Qolgan yarmini esa şartnoma qanoatlantirar edi. Ayni şu örinda kelişmovçilik sabab fuqarolar uruşi kelib çiqadi. Tomonlar bir-birini eşitişni istamas edi, nima uçun uruşayotgani ham noma’lum edi, avvallari bir tomonda turib kuraşgan odamlar endi bir-biriga qarşi kuraşardi.
Bu xuddi Kolm va Patrikning munosabatiga öxşaydi. Oldin ikkalasi birga edi, hayotni bir nuqtadan turib körardi, birdan biri ikkinçisining yöriğini, hayot tarzi va tanlovini ahmoqona deb topdi. Munosabat buzildi. Bu bilan çeklanmadi. Barmoğini kesib taşladi. Kolmning agressiyasi soğlom odamning işi emas. Uruşni Patrik boşlagan bölsa, u şungaça bölgan sabablarni hozirlab berdi. Endi bu uruş kimningdir muqarrar ölimi bilan yakunlanadi, uruş bor joyda şubhasiz ölim bölişi kerak.
Şu sababli bu orolda banşi – ölim xabarçisi bölgan yoqimsiz kampir izğib yuradi, u ölim xabarini yetkazişni intizorlik bilan kutadi. (Kinodagi kampir obrazi, Dominik, politsiyaçi, ruhoniy kabi obrazlarga atay töxtalmadimki, yangi xulosalar tuğilişi uçun tomoşabin hukmiga havola qildim).
Irlandiya mustaqilligi muammosi haligaça hal qilinmagani kinoning dolzarbligini oşiradi. Umuman, kino uruşlar qanday boşlanişi haqida hikoya qiladi. U bizga kiçkina körinadigan odamlar fe’lidagi nuqsonlardanmi, yoki hayotdagi özgarişlardan qörqiş va boşqalarning tanlovini qabul qilolmaslikdanmi, yoki bu çindan hayotni siljitadigan, unga progress olib keladigan tabiiy jarayon deb qaralişidanmi? Bu haqda öylab köriş, xulosa qiliş öquvçiga havola.