Majlisda Nodir Jumayev Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Sanoat, quriliş va savdo masalalari qömitasi raisi lavozimiga saylandi.
Nodir Jumayev 1976 yil Toşkent şahrida tuğilgan. 1997 yilda Toşkent moliya institutini tugatgan, 2001 yilda esa Özbekiston Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
1996—2002 yillarda Markaziy bankda yetakçi iqtisodçi, boşqarma boşliği, söngra boşqarma boşliği lavozimlarida işlagan.
2002—2006 yillarda Toşkent moliya instituti dotsenti, kafedra mudiri, 2005—2009 yillarda Bank-moliya akademiyasi ilmiy iş professori, 2009—2010 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining moliya-xöjalik faoliyati böyiça prorektori bölgan.
2010 yilda Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qömitasi raisi lavozimida işlagan.
2010—2012 yillarda Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, 2012—2015 yillarda esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lavozimlarini egallagan. 2017 yildan Özbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi professori.
U 2020 yilda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati etib saylangan. Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi.
Şuningdek, yalpi majlisda Kozim Tojiyev Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi örinbosari lavozimiga saylandi.
Kozim Tojiyev 1984 yil Navoiy viloyati, Navbahor tumanida tuğilgan. U 2007 yil Tojiyev Navoiy davlat pedagogika institutini tamomlagan.
2015 yilda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga saylangan, 2020 yilda esa yana bir muddatga saylangan hamda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi a’zosi lavozimiga tayinlangan.







