Qonun loyihasi bilan respublikaning 11 ta viloyatidagi 47 ta “şaroiti oğir” bölgan tumanlar uçun vaqtinçalik soliq imtiyozlarini beriş közda tutilmoqda. 2025 yil 1 yanvargaça mazkur tumanlarda yangidan taşkil etilgan va faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uçun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz qilib belgilanmoqda.    

Foydalanilmayotgan obektlar egalariga nisbatan mol-mulk va yer soliğining oşirilgan stavkalari qöllanişini bekor qiliş, davlat organlariga, muassasa va taşkilotlariga doimiy foydalaniş huquqi bilan ajratilgan va ular tomonidan boşqa taşkilotlarga ijaraga berilgan yerlarni soliqqa tortiş tartibini takomillaştiriş, yerlardan kadastr hujjatlari mavjud bölmagan yoxud yer uçastkasiga bölgan huquqni tasdiqlovçi hujjatlarda körsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda uy-joy egalari uçun uç karra oşirilgan stavkada yer soliğini hisoblaş tartibi qöllanişini töxtatib turiş nazarda tutilmoqda. 

Elektrotexnika tarmoq korxonalarining ixtisoslaştirilgan markazlarini qöllab-quvvatlaş orqali innovatsion texnologiyalar joriy etilişini rağbatlantiriş közda tutilmoqda.

Muhokamalardan keyin qonun loyihasi birinçi öqişda konseptual jihatdan qabul qilindi.