1941 yil 22 iyunda Germaniya SSSRga bostirib kirgaç, tört yil davom etgan uruşda askarlar bilan qöşib hisoblaganda 20 milliondan oşiq sovet fuqarolari halok böladi. Mamlakatning odam ziç yaşaydigan va köplab sanoat korxonalari joylaşgan ğarbiy qismi batamom vayron böladi.

Germaniya SSSRga hujum qilişdan avval çegarada qariyb bir million askar va yuz minglab turli texnikalardan iborat armiya yiğadi. Bu haqda sovet razvedkaçilari Moskvaga xabar jönatişadi.

Ular Germaniya SSSRga hujum boşlaşi muqarrar ekani haqida ogohlantirişadi. Biroq Stalin boşçiligidagi sovet rahbariyati bunga parvo qilmaydi.

Öşanda Stalin Hitlerning SSSRga hujum qilmasligiga işongan va Germaniya tez orada hujum qiladi degan sovet razvedkaçilarini hatto sotqinga ham çiqaradi.

Tarixçilarning aksariyati, agar Stalin boşdanoq Germaniyani jiddiy xavf sifatida baholab, uruşga tayyorgarlik körganida 20 million sovet fuqarosi halok bölmas, mamlakat vayronaga aylanmas edi, deyişadi.

1941 yil 22 iyundan oldingi vaziyat

1939 yil 23 avgust kuni Moskvada SSSR va Germaniya örtasida özaro hujum qilmaslik böyiça bitim imzolanadi. Sovetlar ana şu bitim imzolanişida Yevropa xalqlariga xiyonat qilişadi.

Ya’ni Germaniya bilan tuzilgan özaro hujum qilmaslik haqidagi bitimga bir neçta maxfiy bandlar qöşişadi. Unda nemislar bilan birga Şarqiy Yevropani özaro taqsimlab oliş haqidagi kelişuvlar bor edi.

Çapdan öngga old qator, Ioxim fon Ribbentrop, Stalin va Molotov.
Foto: AP

«Molotov-Ribbentrop pakti» deb atalgan mazkur kelişuv imzolangandan bir hafta ötgaç 1939 yil 1 sentabr kuni nemislar Polşaga bostirib kirişadi. 17 sentabr kuni Polşaga şarqdan sovet armiyasi hujum qiladi.

Qisqa vaqtda polyak armiyasi tor-mor etiladi va Polşa davlat sifatida tugatilgani ma’lum qilinadi. Şu joyda endi SSSR va Germaniya çegaradoş bölib qolişadi.

Köp ötmay nemislar sovet armiyasi bilan birga Çexoslovakiya, Vengriya, Ruminiya kabi davlatlarni ham egallaşadi. Bu davlatlarning asosiy qismi nemislarga, şarqiy qismi SSSRga tegadi.

1939 yil 30 noyabr kuni sovet armiyasi navbatdagi ölja – Finlandiyaga bostirib kiradi. Nemislar esa bu paytda Yevropa şimoli va ğarbidagi davlatlarni bosib olayotgandi.