Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning prezidentlik saylovida asosiy raqibi Kamol Qiliçdoröğli daxlsizlikdan mahrum qilingani munosabati bilan sudlanişi mumkin. 

Cumhuriyet gazetasining yozişiça, saylovda yutqazgan Qiliçdoröğli parlamentga kira olmadi, çunki ijro hokimiyati rahbari bölgan prezidentlikka nomzod bir vaqtning özida deputatlikka nomzod böla olmaydi. Şu sababli u «immuniteti» - daxlsizligini yöqotgan. 

Qiliçdoröğlining advokati Jalol Çelikning ma’lum qilişiça, hozirgaça Qiliçdoröğliga qarşi 28 ta da’vo qözğatilgan va ular Anqara prokuraturasiga taqdim etilgan. Uning tuşuntirişiça, ötmişdagi ba’zi işlar Qiliçdoröğlining daxlsizligi tufayli töxtatilgan edi, endi esa yana oçilişi mumkin. 

Jurnalistlar tahliliga köra, Qiliçdoröğlining hozir sudda bölgan barça ma’lum işlari töplansa, 110 yillik qamoq jazosiga olib kelişi mumkin. 

Şu bilan birga, Qiliçdoröğliga qarşi da’volarning aksariyati amaldagi prezident Erdöğanni haqorat qiliş bilan boğliq va uning advokatiga köra, parlament minbaridagi çiqişlar tergovga tortilmaydi. 

Şu bilan birga, naşrning qayd etişiça, bu sud jarayonlari Qiliçdoröğli uçun siyosatdan çetlatilişiga olib kelişi mumkin. Ta’kidlanişiça, hatto bir yildan ortiq har qanday qamoq jazosi siyosiy taqiqni anglatadi. 

14 may kuni Turkiyada navbatdagi prezidentlik saylovi bölib ötdi. Birinçi tur natijalariga köra, nomzodlarning heç biri 50 foizdan köp ovoz töplay olmadi. Saylovçilarning 49,52 foizi Erdöğanga, 44,88 foizi uning asosiy raqibi Kamol Qiliçdoröğliga ovoz berdi. 28 may kuni Erdöğan va Qiliçdoröğli saylovning ikkinçi bosqiçida «töqnaş keldi» va Erdöğan 52,24 foiz ovoz bilan ğalaba qozondi, Qiliçdoröğli 47,76 foiz ovoz töpladi. 

Saylov natijalariga izoh bergan Qiliçdoröğli, mamlakatdagi saylov jarayonini sönggi yillardagi eng adolatsizi deb atadi.