Kun.uz'ga bir qança öqituvçilar yozgi ta’tilda tölanadigan ta’til pullari kamayib ketgani borasida murojaat qildi.

Şu vaqtgaça öqituvçilar 56 kalendar kuni dam olişgan, bu 48 iş kuniga töğri keladi.

“Bizga ta’til puli 41 kunga hisoblab çiqarilyapti. Ta’til pulimiz ötgan yilga soliştirganda kam çiqyapti. Bu holat faqat menda emas, butun Özbekiston böyiça sodir bölmoqda, buni Telegram'dagi ustozlar kanalida körişingiz mumkin”, – deydi qoraqalpoğistonlik öqituvçi.

Yana bir öqituvçiga köra, yangi Mehnat kodeksi bilan yakşanba kunini ham 48 kun içiga kiritişyapti va pul tölanadigan ta’til kunlari 7 kunga qisqargani hisobiga ta’til puli ham kam çiqyapti.

Muammo yangi Mehnat kodeksiga borib taqaladi

Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Respublika kengaşi boş mutaxassisi Lazokat Turikovaning tuşuntirişiça, muammoning sababi – yangi qabul qilingan Mehnat kodeksi bilan, hamma ta’tillarni iş kunida hisoblaşdan kalendar kunida hisoblaşga ötilganida.

“Tuman yuridik xizmat markazlari ta’lim muassasasi buyruqlarini huquqiy ekspertizadan ötkazişda ham turliça talqin qilinayotgan holatlar bor. Çunki yangi Mehnat kodeksining 221-moddasiga muvofiq, xodimlarning har yilgi asosiy va qöşimça mehnat ta’tillari davomiyligi kalendar kunlarda hisoblab çiqilişi belgilangan.

Ta’lim muassasalari Yuridik xizmat markazlariga ta’tilga oid buyruqlarni taqdim qilganda asos sifatida lokal hujjatlarni körsatişgan. Lokal hujjatlarda, ya’ni jamoa şartnomalari va mehnat şartnomalarida 48 iş kunidan iborat ta’til oldingi hujjatlarga köra kiritilgan. Şu bois uşbu 48 iş kunidan iborat ta’til muddatini 48 kalendar kuniga aylantirib belgilaş töğri deb topilgan holatlar böldi. Buning hisobiga ta’til kunlari kamayib ketişi yuzaga keldi. Bu holat hamma hududlarda har xil talqin qilindi, çunki huquqiy asos yöq”, – deydi Lazokat Turikova Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Yangi Mehnat kodeksiga muvofiq, pedagog xodimlar iş vaqtining aniq davomiyligi va yillik uzaytirilgan mehnat ta’tilining davomiyligi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari böyiça respublika uç tomonlama komissiyasi bilan kelişilgan holda belgilanadigan böldi.