Statistika agentligi 2023 yilning yanvar-may oylaridagi sanoat işlab çiqarişi böyiça ma’lumotlarni e’lon qildi.
Qayd etilişiça, joriy yilning dastlabki 5 oyi davomida gaz qazib oliş hajmi 19,86 mlrd kub metrni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 2,15 mlrd kub (2022 yilning yanvar-may oylarida 22 mlrd kub metr bölgan) yoki 9,8 foizga qisqargan.
Ma’lumot uçun, 2022 yilda ham gaz qazib oliş 53,8 mlrddan 51,66 mlrd kub metrgaça yoki 4 foizga kamaygandi.
Özbekistonda sönggi yillarda gaz qazib olişning qisqarişi va içki bozorda talab ortib borayotgani sababli xorijga tabiiy gaz sotişni jiddiy qisqartirdi. Xususan, 2020 yilda Rossiyaga eksport butunlay töxtatildi va Xitoyga yetkazib beriş hajmi kamaydi. TASSning Xitoy Boş bojxona boşqarmasi ma’lumotlariga tayanib yozişiça, 2023 yil yanvar-may oylarida Özbekistondan Xitoyga gaz yetkazib beriş hajmi qiymat jihatidan 60,71 foizga kamayib, 118,63 million dollarni taşkil etgan. Gaz ta’minotining fizik hajmi körsatilmagan.
Şuningdek, hisobot davrida kömir qazib çiqariş 4,1 foizga, gaz kondensati işlab çiqariş 8 foizga kamaygan bölsa, neft qazib oliş 3,1 foizga oşgan.
Elektr energiyasi işlab çiqariş esa 31,3 mlrd kVt/soatni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 3,1 foizga yoki 951,9 mln kVt/soatga ösgan. Xususan, may oyida 7 mlrd 331 mln kVt/soat elektr energiyasi işlab çiqarilgan. Bu – ötgan yilning may oyiga nisbatan 36,1 foizga yoki 1 mlrd 945,4 mln kVt/soatga köp.
Statagentlik bu ösişni elektr energiyasi işlab çiqaruvçi korxonalardan törttasi kiçik korxonadan yirik korxona toifasiga ötgani va şu sababli ular oylik hisobot taqdim qila boşlagani bilan izohladi.
“Agentlik tomonidan har oyda e’lon qilib borilayotgan press-relizlar dastlabki ma’lumotlar hisoblanib, ular faqatgina yirik korxonalar tomonidan taqdim etiladigan statistik hisobotlar asosida şakllantiriladi va e’lon qilinadi. May oyida elektr energiyasi işlab çiqariş hajmining oşişiga asosiy sabab aprel oyiga nisbatan 4 ta elektr energiyasini işlab çiqargan kiçik korxonalar yirik korxonaga aylangan hamda statistika idoralariga rasmiy hisobot taqdim etişi natijasida qöşimça 2 063,7 mln kVt/soat elektr egnergiyasi işlab çiqarilgan. Bu aprel oyiga nisbatan elektr energiyasi işlab çiqariş hajmining 34,2 foizga oşişiga sabab böldi”,

















