Qibray tumanida uç nafar bola iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi, bir kişi hayotdan köz yumdi.
Toşkent viloyati IIBB xabariga köra, joriy yilning 19 iyun kuni soat 18:00 larda, Toşkent viloyati Qibray tumani hududidan ötgan «Toşkent-Qibray-May» avtomobil yölida YTH qayd etilgan.
Haydovçi, 1991 yilda tuğilgan S.J (mast holatda) «VAZ-2106» rusumli transport vositasida rul boşqaruvini yöqotib, yölning çap tomonida ketayotgan 3 nafar piyodani urib yuborgan.
Uşbu yöl-transport hodisasi oqibatida 2009 yilda tuğilgan piyoda olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan. Şuningdek, ikki nafar piyoda turli xil tan jarohatlari olib tuman markaziy şifoxonasiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.











