Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan ishchi kuchi Bursaga markazlashgan holda jalb qilinishi mumkin
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi va Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xodimlari Bursa shahriga tashrifi davomida mamlakat savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Foto: Kun.uz
Ishtirokchilarga qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berildi. Turkiya tomoni bilan O‘zbekistondan malakali ishchi kuchini Bursaga markazlashgan holda jalb qilish yuzasidan fikr almashildi.
Yosh sanoatchi ishbilarmon doiralari va boshqaruvchilari uyushmasi boshqaruv kengashi raisi Murat Kaya O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, investorlar haq-huquqini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan islohotlarni yuqori baholadi. «Uyushma a’zolari bilan o‘zbekistonlik hamkorlar o‘rtasidagi aloqalarni yo‘lga qo‘yish, yangi yo‘nalishlarni kashf etish maqsadida yaqin kunlarda O‘zbekistonga amaliy safar tashkil etishni rejalashtiryapmiz», - dedi u.
Bolqon sanoatchilari va ishbilarmon doiralari uyushmasi boshqaruv kengashi raisi Fotih Shokir o‘z nutqida quyidagilarni ta’kidladi: «Biz bolqonlik turklar sifatida shu kungacha bolqon davlatlari bilan hamkorlikka katta urg‘u berib kelganmiz. Bugungi tadbirdan so‘ng qardosh O‘zbekiston bilan hali kashf etilmagan ko‘p qirrali hamkorlik rishtalarini o‘rnatishga qaror qildik. Bu borada, energetika, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari, tekstil, kimyo, charm-poyabzal, oziq-ovqat kabi sohalarda katta imkoniyatlar mavjud. Ushbu sohalarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga tayyormiz».
Mavzuga oid
15:09 / 07.01.2026
Ishga joylashtirish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlar soni oshiriladi
16:54 / 25.12.2025
6000 funt oylik, qalbaki taklifnoma va g‘oyib bo‘lgan «menejer». Soxta ish e’lonlari ortidagi firibgarlik sxemasi
20:21 / 27.11.2025
Ish samaradorligini pasaytiruvchi 5 omil
15:41 / 13.11.2025